www.ziyouz.com kutubxonasi
381
Salmon: “Alloh va yaxshi ko‘rganingdek”, dedilar. Vaqtiki, Bilol (r.a.) xufton namoziga
chaqirganlarida, Sa’labani masjidga kirgizib, oxirgi safga turg‘izishdi. Rasululloh (s.a.v.)
o‘qidilar
Sa’laba bir xo‘ngradi. Rasululloh (s.a.v.) yana tilovat qildilar:
“(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga
kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat-
ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!” (Takasur, 1-2-oyatlar).
Sa’laba yana bir xo‘ngradi-da, dunyodan rixlat qildi.
Nabiy (s.a.v.) namozni tugatganlaridan keyin Sa’labaning oldiga keldilar va aytdilar: “Ey
Salmon, unga suv sep”, Salmon: “Ey Nabiyyulloh, u dunyodan o‘tdi”, dedilar.
Sa’labaning qizi keldi va: “Ey Nabiyyulloh, otamga nima bo‘ldi? Men uni qo‘zg‘agan
edim”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Masjidga kir”, dedilar. Bas, u kirdi. Shunda u otasini o‘rab
qo‘yilganini ko‘rdi va qo‘lini otasining boshiga qo‘yib: “Voh, qanday g‘am, men sizdan
keyin nima qilaman, otajon?” deb nido qila boshladi. Nabiy (s.a.v.): “Ey Xamsona, men
senga ota bo‘lishimga, Fotima esa, senga singil bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?” dedilar.
“Yo‘q, rozi bo‘laman, ey Rasululloh”, dedi Xamsona.
Sa’labani ko‘tarib, yo‘lga tushishganda, nabiy (s.a.v.) uning janozasiga ergashdilar, qabr
labiga yetganlarida, oyoqlarining uchi bilan yura boshladilar. Qaytganlaridan keyin
Umar (r.a.): “Ey Rasululloh, oyoq uchida yurganingizni ko‘rdim”, dedilar. Nabiy (s.a.v.):
“Farishtalarning ko‘pligidan oyog‘imni to‘liq bosishga qodir bo‘lmadim”, dedilar.
Faqih aytishicha, bu xabar har xil lafzlar bilan rivoyat qilingan. Yana quyidagi oyat ham
ushbu voqea to‘g‘risida nozil bo‘lgan deyiladi:
“(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki
(qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab,
Do'stlaringiz bilan baham: |