Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
G‘aflatdan uyg‘otgan asar So‘ngso‘z o‘rnida Bismillahir rohmanir rohiym Osmonlaru Yerni yaratgan, maxluqotlari orasida insonni tanlab, uni aziz va mukarram etgan, huzuridagi ilmi ilohiyidan bandalariga xohlaganicha bildirgan, so‘ng kitobat ne’matini berib, u ilmlarni boqiy saqlash imkonini taqdim etgan rabbimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. U zotning payg‘ambari, olamlarga rahmat qilib yuborgan elchisi Muhammadga, ashobi kiromlariga va ahli baytlariga salavot va salomlar yog‘ilsin. Mana, aziz o‘quvchi, Parvardigorimizning xohish-irodasi ila “Tanbehul-g‘ofiliyn” asarining oxirgi qismi ham tarjima etilib, nashrdan chiqdi... va Siz bilan so‘ngso‘z ustida ozgina suhbat qurish imkoniyati tug‘ildi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 384 Avvalo, bu xayrli ishga bizni sababchi qilgan Alloh taologa shukrlar qilamiz, asarning nashrdan chiqib tarqalishida xizmatlari singan birodarlarimizga minnatdorlik bildiramiz, undan nafslariga manfaat olgan, ilmlarini ziyoda etgan barcha o‘quvchilarimizga Alloh taolodan ofiyat va dunyoyu oxirat yaxshiligini tilaymiz. Biz musulmonlar ajdodlarimiz merosidan uzoq vaqt mahrum yashadik. Dinimizga qarshi qilich qayragan kunlarda xalqimizning qo‘lidagi barcha kitoblar tortib olindi, kutubxonalardan chiqarib tashlandi. Dunyoning hikmatini jamlagan asarlar, hatto tilga olinmaydigan darajada unutildi, unuttirildi... Alhamdulillahki, bugun yana ulug‘ merosimizni tiklash, unga egalik qilish imkoniyatimiz bor. Shu imkoniyat orasida Qur’oni karim ma’nolarining tarjimalari amalga oshirildi, Imom Buxoriyning hadislar to‘plami ona tilimizga o‘girildi, mazhabimiz fiqhiga oid bir qancha asarlar tarjimasi qo‘limizda turibdi. Yana qancha katta-kichik ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobining tarjima etilib, nashr qilinishi ham ma’naviy merosimizni xalqimizga qaytarish yo‘lidagi bir harakatdir. Ammo hali bajariladigan ishlar, tajima qilib, xalqimiz qo‘liga taqdim etilishi zarur bo‘lgan asarlar juda ko‘p. Ajdodlarimiz qoldirgan mashhur, lekin biz bilmagan, tanimagan durdonalar bor: masa lan, “Ihyou ulumiddin”ning hikmatlaridan hamon bebahramiz, ulug‘ ulamolarimiz tomonidan Qur’oni karimga bitilgan tafsirlarni, Imom Buxoriyning hadislariga yozilgan sharhlarni o‘qigimiz keladi, “Sahih Muslim”, uning sharhlari, Ibn Kasirning tafsiriyu tarixlari tarjiymonlarini kutib yotibdi. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy, Zamaxshariy, Kurtubiy, Ibn Muborak, Nadaviy kabi allomalarning asarlari ham Islom olamining qimmatli manbalari sanaladi. Ularni xalqqa yetkazadigan qo‘l kerak, himmat kerak. Alloh nasib etsa, bu durdona asarlar ham o‘zbek tilida milyonlab o‘quvchilarini topajak. “Tanbehul g‘ofiliyn” asarining birinchi kitobi chiqqaniga ham uch yilcha vaqt o‘tdi. Shu davr mobaynida u xalqimiz tomonidan sevib, qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qildi. Hikoyatlaridan, pand-nasihatlaridan ta’sirlanganlar ko‘p bo‘ldi. Asarning bunday muvaffaqiyati, tabiiyki, muallifning xizmatlari bilan baholanadi. Faqih Abu Lays Samarqandiy hazratlari bu kitobni g‘ofillarga tanbeh berish uchun, ularni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, hayot, deb atalmish bu qisqagina muddatning orqa-oldi borligini eslatish, undan narida insonni nimalar kutayotganidan ogoh etish uchun yozganlari sarlavhaning o‘zidanoq ko‘rinib turibdi. Muallif o‘quvchini asta-sekinlik bilan, tadrijiy ravishda jiddiylik sari yetaklaydi. Dastlab ixlosni tushuntiradi, so‘ngra o‘limdan, qiyomatning inson boshiga tushajak hodisalaridan ogoh etadi, gunohlardan qaytishga – tavbaga chaqiradi, yolg‘on, g‘iybat, xamr ichish, chaqimchilik, kibr, hasad kabi illat- nuqsonlardan xoli bo‘lishga chorlaydi. Yomon xislatlar bayon etilganidan keyin ibodat haqida so‘z ketadi. Tahorat, namoz, ro‘za, zakot, hajning fazilatlari tushuntiriladi, sabr, taqvo, jasurlik, xayr-ehson kabi insonga ziynat xislatlar bayon etiladi. Xullas, muallif g‘aflatda yotgan dilni tergab-tergab, turtib-turtib, musulmonchilikka o‘rgatadi. Oyat-hadis, hikmatli so‘zlar va pand-nasihatlarning mavzular bo‘yicha bob-bob qilib ajratilgani, asarni o‘qishli va ta’sirchan qilgan. Shuning uchun ham bu kitob arab davlatlarida xaligacha qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda. Hatto, Misrda uni bir vaqtning o‘zida bir nechta nashriyot bir necha xil muqovalarda chop etganiga guvoh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling