Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
387
2. Abu Ja’far Hindavoniy Balxiy huzurida ham ilm va ta’lim olganlar.
3. Xalil ibn Ahmad qoziy Sijziy yetuk hanafiy olimlardan bo‘lib, o‘z
davrida fiqh va
hadis ilmida peshqadam bo‘lganlar. Hazrati Abu Lays Samarqandiy u kishidan shu
ilmlarni o‘rganganlar.
4. Muhammad ibn Fazl Balxiy huzurida tafsir ilmini o‘rgandilar.
Ko‘rinib
turibdiki, zamonning turli olimlaridan turli ilmlarni o‘rganganlar. Zero,
e’tiqodning asosi ilmdir.
Shogirdlari
Alloh taolo O‘zi xohlagan bandalariga O‘zi xohlagan miqdorda ilm ato etadi. Ammo
ilm olimga omonatdir, u olgan ilmini boshqalarga yetkazmog‘i shart.
Bu xususda amin
zotlardan bo‘lgan Hazrati Abu Lays Samarqandiy ikki yo‘l bilan ilmni yoydilar: ta’lim
berib, shogirdlar yetishtirdilar;
kitoblar yozib, ilmlarini olis avlodlariga meros qoldirdilar.
Faqihning mashhur shogirdlari:
1. Luqmon ibn Hakim Farg‘oniy.
2. Na’im Xatib Abu Molik.
3. Muhammad ibn Abdurahmon Zubayriy.
4. Ahmad ibn Muhammad Abu Sahl.
5. Tohir ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Abu Abdulloh Haddodiy va boshqalar.
Hammalarini Alloh rahmat qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: