Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
385 bo‘ldik. “Tanbehul g‘ofiliyn” tarjimasining birinchi kitobi bosmadan chiqqanidan keyinoq (biz uchga bo‘lib, nashr etgan bu asar aslida katta bir mujalladdan iboratdir), u haqda iliq- ijobiy fikrlar bildirila boshladi, shu bilan birga tanqidiy mulohazalar ham yo‘q emas edi. Va bu holning bo‘lishi tabiiy, albatta. Biz o‘quvchilarimizning har qanday fikrlarini hurmat qilgan holda ba’zi jihatlarga javob berish o‘tishni lozim ko‘rdik. Tarjima va muharrirlik ishlaridagi kamchiliklarga bo‘lgan e’tirozlar kitobning keyingi qismlari nashrida ularni bartaraf etishimizga yordam berdi, buning uchun o‘quvchilarimizga faqat rahmat aytamiz. Yana bir e’tiroz bevosita asarning o‘ziga tegishli bo‘lib, unda mavzu’ hadislarning berilishi haqida edi. Bu borada bahs-munozaraga kirishmoqchi emasmiz. Balki ba’zi fikrlarni bildirib o‘tmoqchimiz. Alloma Hofiz ibn Kasirning “Ba’isul hadis” asari sharhida Ahmad Muhammad Shokir mavzu’ hadis haqida quyidagilarni yozadi: “To‘qilgan xabarlar mavzu’, deyiladi. Ularni yolg‘onchilar Rasulullohga (s.a.v.) nisbat berishgan. Rivoyatlarning eng yoomndir ular. Mavzu’ hadisning mavzu’ligini bilgan kishi uni Nabiyga (s.a.v.) mansub eta turib, rivoyat qilish halol emas, ammo mavzu’ ekanini bayon etgan holatdagina joizdir” (113-114- betlar). Yana aytiladi: “Rasulullohdan (s.a.v.), deb to‘qilgan hadisni rivoyat qilish haromdir, lekin uning holatini bayon etsa, zarari yo‘qdir” (114-bet). Shu fikrlardan kelib chiqib, muallifning haqqiga hiyonat qilinmagan holda tarjimada mavzu’ hadislar ham berildi, faqat yuqorida aytilgan shart bilan. Barcha hadislar qatori botil va mavzu’ hadislarning ham izohi kitobning oxirida ko‘rsatib o‘tildi. Hadislarning darajasi, ularning qay biriga amal qilinadi, qaysisi tark etiladi, bu haqda ham har uchala kitobning so‘ngida qayta-qayta berildi. Qolversa, “Tanbehul g‘ofiliyn” asari hamon muhim pandnoma asarlardan sanaladi. Boshqa musulmon mamlakatlarida takror-takror nashr etilayotgani unga ehtiyoj borligiga dalolat qilib turibdi. Bizdagi ehtiyoj esa, boshqalardagidan-da qattaroq ekani hammamizga ma’lum. Chunki biz ayni mana shunday sodda uslubda yozilgan, ommaviy kitoblarni o‘qiydigan bosqichdamiz. Asta- sekin bu pog‘ona bosib o‘tiladi va jiddiy ilmiy-diniy asarlar ham tarjima etiladi, inshaalloh... Muhtaram o‘quvchi, yaxshi-yomon xizmatimizga rozi bo‘ling, beayb Parvardigor, bandachilik ila yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimiz uchun Rabbimizga istig‘for aytamiz, Uning fazl- marhamatidan umid etamiz. So‘zimiz oxirida asar muallifi Abu Lays Samarqandiy hazratlari hamda marhum padari buzrukvor va volidai muhtaramiz haqqilariga duoi xayr qilishlaringizni so‘rab qolamiz. Barcha mo‘minlarning va bizning ham oxirgi duoyimiz: Olamlar rabbi Allohga hamdu sanolar bo‘lsin! Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling