Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Tarjimon (Dilmurod Qo’shoqov)
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Shayxul islom”
Tarjimon (Dilmurod Qo’shoqov) Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 386 MUALLIF XUSUSIDA SO‘Z Ism va nasablari Yurtdoshimiz ulug‘ faqih, imom, mutasavvif olim, muhaddis, zohid Hazrati Abu Lays as-Samarqandiyning to‘liq ismlari Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohimdir. Al-Faqih, Imomul-huda, Shayxul Islom unvonlari bilan ham mashhurdirlar. “Al-Faqih” unvonlarini fiqh, ya’ni Islom huquqshunosligi ilmida yuksak martabaga erishganlari uchun olganlar. Bu sohada o‘z zamonasida u kishiga teng keladigan olim yo‘q edi. Bu ismni o‘zlari ko‘p yaxshi ko‘rganlar. (“Faqih” unvonlariga “al” qo‘shimchasining qo‘shilishi u zotning fiqhda benazir ekanliklariga ishoradir. Ammo biz bundan keyin o‘zbek tili xususiyatlaridan kelib chiqib, “al-faqih”ni “faqih”, “as- Samarqandiy”ni “Samarqandiy”, deb oldik.) Rivoyatlarda kelishicha, “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobini yozgan mahallarida bir kecha Hazrati Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) u kishining tushlariga kirib, yozgan kitoblarini tutqazib: “Yo Faqih! Kitobingni olgin!” deydilar. Uyg‘onganlarida kitobda Payg‘ambarimiz muborak qo‘llarining izlarini ko‘radilar. Shundan keyin “Faqih”, degan nomni sevadilar va u tufayli ko‘p barakotlarga noil bo‘ladilar. Ikkinchi unvonlari – “Imomul-huda” haq yo‘l imomi ma’nosidadir. Bu unvonda Hazrati Imom Abu Mansur Motrudiy bilan barobardirlar. “Abu Lays” u zotning ko‘nyalaridir. Bu so‘z “Laysning otasi”, deganidir. “Lays” lug‘atda she’r, arslon ma’nosini beradi. Ul zotning Lays degan farzandlari bo‘lganmi yoki “Abu Turob” singari majoziy laqabli, noma’lum. Harholda, kunya ekani aniq. U zot Samarqand shayxul islomi bo‘lganlari uchun “Shayxul islom”, degan nom bilan ham chaqirilganlar. “Samarqandiy” nomini tug‘ilib o‘sgan vatanlariga nisbatan olganlar. Abu Lays Samarqandiyning tavalludi va vafoti yillari borasida turlicha ma’lumotlar bor. Vafotlariga qiyosan, hijriy 301-310 yillarda tug‘ilganlar, deyiladi. Vafotlari ham turlicha -- hijriy 375, 393, 396 yillar deb ko‘rsatilgan. 396 (milodiy 1003) yil haqiqatga yaqinroq. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling