Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 Rasululloh?” Aytdilar: “Men ham, lekin meni Alloh o‘z rahmati bilan o‘rab oladi! Alloh taologa yaqin bo‘ladigan amallarga yaqinlashinglar. To‘g‘ri so‘zni aytinglar. Allohga ibodat qilinglar va kunning ikki tarafi va kechaning qorong‘u paytida zikr qilinglar. Amal qilinglar quyosh chiqishida va quyosh botishida, qorong‘i kechalarda ibodatni lozim tutinglar”. 83. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yengil qilinglar, og‘ir qilmanglar, xursand qilinglar va qochirmanglar!” Ibn Mas’ud aytadi: “Odamlarga qiyomat kuni rahmat davomli bo‘lganini ko‘rgan iblis boshini ko‘tarib, Alloh rahmatining kengligini, shafoat qiluvchilarning shafoatini ko‘radi!”. 84. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kunida Arshning tagidan nido qilguvchi nido qiladi: “Ey Muhammadning ummati! Mening tomonimdan sizlarga nimaiki bo‘lsa, berdim. Endi bandalarning haqlari qoldi. Bir-biringizga beringizlar va jannatga Mening rahmatim bilan kiringizlar”. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Xavf inson salomat bo‘lgan paytda bo‘lsa, afzaldir. Vaqtiki kasal va amaldan ojiz bo‘lsa, umid qilishi afzaldir”. Ya’ni kishi salomat bo‘lsa, qo‘rqinch afzal, toatlarda kuch va g‘ayrat ko‘rsatmoqligi, gunohlardan qaytishligi kerakdir. Agar kasal va ojiz bo‘lsa, umid qilish afzaldir. Abu Ravvodning otasi aytadi: “Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: “Ey Dovud! Gunohkorlarni xursand qil va siddiqlarni ogohlantir!” So‘radi: “Gunohkorlarni qanday xursand qilib, siddiqlarni qanday ogohlantiraman?” “Gunohkorlarga xursandchilik xabarini bergin, ularning gunohlarini kechirmoqlik Menga katta ish emas! Va ogohlantir siddiqlarni, qilgan amallari bilan gerdaymasinlar. Men biror kishiga o‘zimning o‘lchov- hisobimni qo‘ysam, uni halok qilgayman”. Ba’zi ahli kitoblardan aytiladi: “Alloh taolo: “Albatta Mening o‘zimgina Allohman! Podshohlarning podshohiman! Podshohlarning qalblari Mening qudratimdadir va taqdirlari qo‘limdadir. Qaysi qavmdan rozi bo‘lsam, ularga podshohlarning qalbini rahmli qilib qo‘ydim. Qaysi qavmga g‘azabim tushsa, ularga podshohlarning qalbini o‘t-g‘azabli qilib qo‘ydim. Podshohlarni la’natlash bilan o‘zlaringni mashg‘ul qilib qo‘ymanglar. Menga tavba qilinglar va sizlarga mehribonlik va yumshoqlik qilgayman”. 85. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar mo‘minlar Alloh huzuridagi azobni bilganida edi, jannatiga hech kim tama’ qilmagan bo‘lar edi va agar kofirlar Allohning huzuridagi rahmatini bilganida edi, uning rahmatidan hech kim noumid bo‘lmas edi” 86. Ahmad ibn Saql aytdi: “Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim va: “Senga Rabbing nima qildi!” deb so‘radim. Dedi: “Meni chaqirdi va aytdi: “Ey yomon chol, nima qilgan bo‘lsang, qilib bo‘lding!” Aytdimki: “Ey Rabbim, Sendan bir so‘z eshitgan edim”. So‘radi: “Nima eshitding?” Aytdim: “Menga Abdurazzoq Mu’ammardan, Zuhriydan, Urvadan, Oyishadan, Payg‘ambardan (s.a.v.) Jabroil alayhissalomdan rivoyat qilinishicha, Sen aytibsanki: “Qaysi bir muslim Islomda sochi oqarsa, Men uni azoblashdan uyalgayman”, deb. Men esa juda keksaman”. “Abdurazzoq to‘g‘ri aytdi. Mu’ammar, Zuhriy, Urva, Oyisha, Muhammad va Jabroil to‘g‘ri aytibdilar. Men ham to‘g‘ri aytganman! Ey Yahyo, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling