(buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, uning o‘zigina qudrat va
hikmat egasidir” (Ankabut, 26). Va yana Ibrohim alayhissalom aytdilar:
“Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman, uning o‘zi
meni hidoyat qilur” (Vas-saffot, 99) Ya’ni, Rabbim toatiga, Uning rizosiga ketaman,
deydilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qildilar.
Kimning yerida fahsh-gunohlar ko‘rinsa, o‘sha kishi u yerdan Allohning rizoligini istab
chiqsa, Ibrohim va Muhammad alayhissalomlarga ergashgan bo‘ladi. Oxiratda ikkovlari
bilan jannatda birga bo‘ladi. Alloh taolo aytdi:
“Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu
yo‘lda) unga o‘lim yetsa, haqiqatki, uning ajri – mukofoti Allohning zimmasiga
tushar. Alloh mag‘rifatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Niso, 100).
Ya’ni, kimki Allohning va rasulining toatida yo‘lga chiqib, keyin o‘lsa, uning savobi
Allohga vojib bo‘ladi.
102. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi mo‘min Alloh va rasulining toatida o‘z uyidan
chiqib, ulovining uzangisiga oyog‘ini qo‘ysa, agar bir qadam bo‘lsa ham yursa, keyin
o‘limini topsa, Alloh taolo unga muhojirlar ajrini beradi va qaysi mo‘min o‘z uyidan Alloh
yo‘lida qasd qilguvchi bo‘lib chiqsa, so‘ngra oti uni yiqitib, o‘lsa yoki urushga kirishdan
oldin bir narsa chaqsa yoki qandaydir o‘limni topsa, u shahiddir. Qaysi muslim o‘z uyidan
Allohning uyiga chiqsa, keyin unga yetmasdan ajali yetsa, Alloh taolo unga jannatni
vojib qiladi”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kimiki o‘z yeridan muhojir bo‘lmasa, u Allohning
farzlarini ado etishga qodir bo‘lsa, o‘sha joyda turishining zarari yo‘qdir. Ularning
qilayotgan gunohlarini yomon ko‘rguvchi holida bo‘ladi. Bu uzrlidir.
Abdulloh ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Agar kishi munkar
ishni ko‘rib, o‘zi o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa-da, qalbida bu ishni Alloh xush ko‘rmaydi,
degan e’tiqodda bo‘lsin”.
Ba’zi sahobai kiromlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Sizlardan birortangiz bir
munkar ishni ko‘rsa, lekin uni qaytarishga qodir bo‘lmasa, uch marta: “Ey Parvardigor,
bu yomon ish, bunga rozi emasman”, deb aytsin. O‘shani aytsa, amri ma’ruf va nahiy
munkar qilguvchi savobini oladi”.
103. Rivoyat qilindi: Abu Umayya aytdi: Abu Sa’laba Xushniydan
Do'stlaringiz bilan baham: |