Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 94. Nu’mon ibn Bashir, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, deb aytdi: “Alloh taoloning huquqida riyokor va Allohning huquqlarida o‘shanga tushib qolgan va uni bajaruvchining misoli kemadagi uch kishi misoli kabidir. Ular kemada edilar, bittalari tepaga, bittalari o‘rtaga, bittalari pasta joylashdilar. O‘sha holatda ketishayotganida bittalari boltani oldi. “Boltani nima qilasan?” deb so‘rashdi. “O‘zimning joyimda bir teshik teshaman, suv menga yaqinroq bo‘ladi. Kemada to‘rvam bo‘ladi, suv ichadigan idish bo‘ladi”, dedi. Ba’zilar aytishdi: “Unga indamanglar, o‘zi uchun xohlagancha teshaverin”. Va ba’zilar: “Uni teshishiga yo‘l qo‘ymanglar, bizni ham, o‘zini ham halok qiladi!” dedilar. Agar uni to‘xtatsalar, ular ham, uning o‘zi ham qutilar edi. Agar uni bu ishdan to‘smasalar, ular ham, bu ham halok bo‘ladi”. 95. Huzayfadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytaringizlar, agar qilmasangizlar, Alloh taolo o‘z huzuridagi azoblarni yubormoqligi yaqin bo‘ladi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi”. 96. Hazrati Ali, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Agar ummatim zolimni ko‘rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo‘rqsalar, ular foyda bermaydigan kishilarga aylanadi”. 97. Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Albatta, yaxshi ishga buyurib,yomon ishlardan qaytarasizlar. Bu ishni qilmasangizlar, sizlarga zolim podshohni ega qilib qo‘yadi. Kattalaringizni hurmat, kichiklaringizga rahm qilmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so‘raydilar, yordam berilmaydi. Gunohlarini kechirishni so‘raydilar, gunohlari kechirilmaydi”. 98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir”. Ba’zilar aytdilar: “Qaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar uchun dil bilandir”. Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib bo‘ladi, dedilar. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun, o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni xor qilib qo‘yadi. Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: “Bir kishi Allohni qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib, eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: “Qaerga ketyapsan?” deb so‘rabdi. «Bir daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: “U senga nima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling