Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Albatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Albatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 9 buyurguvchilar” (Yusuf, 53). Ya’ni, nafs yomonlikka va shahvoniyatga buyuradi... Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish, deganda, insonlarning gaplariga parvo qilmasdan, amalni Alloh taolo uchun xolis qilish tushuniladi. Ba’zi hukamolardan rivoyat qilinadi: “Amal qilguvchi amalida qo‘y boquvchidan o‘rnak olishligi lozim bo‘ladi. Albatta, qo‘y boquvchi agar namoz o‘qisa, qo‘ylardan namoziga maqtov olishni o‘ylamaydi. Shuningdek, amal qilguvchi insonlar unga qarashlarini ko‘ngliga keltirmasligi lozim. Alloh taolo uchun insonlar oldida va yolg‘iz qolganda ham bir xil tarzda amal qiladi. Insonlarning maqtovini talab etmaydi”. Hukamolardan ba’zisi aytadi: “Amal durust bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi. Avvalo, amalni boshlashdan oldin ilm lozim. Chunki amal faqat ilm bilan yaxshi bo‘ladi. Agar amal ilmsiz bo‘lsa, amalni yaxshi qiladigan narsadan buzadigan narsa ko‘proq bo‘ladi. Keyin amalning boshida niyat lozim. Chunki amal niyat bilan solih bo‘ladi. 13. Payg‘ambarimiz aytganlaridek: “Albatta, amallar ni-yatlari bilan” va har bir kishining niyat qilgan narsasi bo‘ladi, ro‘za, namoz, haj, zakot va boshqa toat-ibodatlar faqat niyat bilan durust bo‘ladi. Amal durust bo‘lishi uchun boshida niyat qilmoq lozim. Uchinchisi: amalning o‘rtasida sabr qilmoq, ya’ni amallarni tinch, xotirjam bajarguncha sabr qilmoq lozim. To‘rtinchisi: amalni tugatayotgan vaqtda ixlos qilmoq lozim. Chunki amal ixlossiz qabul qilinmaydi. Agar ixlos bilan amal qilsangiz, Alloh sizdan qabul qiladi va insonlarning qalblari sizga bog‘lanadi”. Harm ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: “Qaysi bir bandam Alloh taologa qalbi bilan yuzlansa, albatta Alloh taolo ahli imon qalblarini unga yaqinlashtiradi va ularning muhabbatidan va rahmatidan uni rizqlantiradi”. 14. Payg‘ambarimizdan Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomga: “Men falon bandani yaxshi ko‘rdim, sen ham uni yaxshi ko‘r”, deydi. Jabroil alayhissalom osmon farishtalariga: “Parvardigoringiz falonchini yaxshi ko‘ribdi, uni sizlar ham yaxshi ko‘ringlar”, deydi. U bandani osmon ahli ham yaxshi ko‘radi. Mazkur banda barcha yer ahliga ham maqbul bo‘ladi va bir bandani yomon ko‘rib qolsa ham, xuddi shunday e’lon qiladi”. Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan bir kishi savol so‘ragani rivoyat qilinadi: “Albatta, insonlar meni solih deydilar, men solih yoki solih emasligimni qanday bilaman”. Shaqiq rahmatullohi alayh unga aytdi: “Solihlarning huzurida siringni oshkor qil, agar unga rozi bo‘lsalar, solihsan, agar rozi bo‘lmasalar, yo‘q. Qalbingga dunyoni ro‘baro‘ qil, agar qalbing qaytarsa, bilki solihsan, bo‘lmasa, yo‘q. O‘zingga o‘limni ro‘baru qil, agar o‘limni xohlasang, bilki, solihsan, bo‘lmasa yo‘q. Vaqtiki senda bu uch qism jamlansa, Alloh taologa amallarda riyo qilmaslik uchun tazarru etgin, toinki amallaringni fasod qilmasin”. 15. Anas ibn Molik Hazrati Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: “Mo‘min kim,bilasizllarmi?” “Alloh va Uning rasuli bilguvchiroqdir”. “Mo‘min kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida odamlardan eshitgan maqtovlar bilan quloqlari to‘lmaguncha olamdan ko‘z yummagay. Agar yetmish qavat temir eshikli uy ichida Alloh taolo toati uchun amal qilsa ham, Alloh ul kishining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling