Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 qilgan amalini ro‘yobga chiqaradi. Hatto insonlar gapirib unga qo‘shadilar ham”. “Yo Rasululloh, qanday qo‘shadilar?” deb so‘raldi. “Albatta, mo‘min amalida ziyoda bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rgay. Fojir kim, bilasizlarmi?” “Alloh va Uning rasuli bilgaydir”. “Fojir kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida yoqimsiz tanqidlarni to‘la eshitmaguncha olamdan o‘tmaydi. Agar, yetmish qavat temir eshikli uy ichida Alloh taologa ma’siyat qilsa ham, Alloh taolo uni oshkor qiladi, hatto insonlar gapirgay. Va unga qo‘shgaylar”. “Yo Rasululloh, qanday ziyoda qiladilar?” “Albatta, fojir buzg‘unchilikda ziyoda bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rur”. Avf ibn Abdulloh aytadi: “Ahli solihlar bir-birlariga yozar edilar: “Kimki oxirati uchun amal qilsa, Alloh dunyo ishiga kifoya qilgaydir. Kimki Alloh va o‘zi orasida bo‘ladigan ishlarni isloh qilsa, Alloh taolo u bilan odamlar orasini isloh qilgaydir. Kimki ichki dunyosini isloh qilsa, Alloh taolo uning tashqarisini ham isloh qilib qo‘ygaydir”. Homid Lifof aytadi: “Agar Alloh taolo kishini xolis qilishni xohlasa, uch narsa bilan jazo beradi: Ilmdan ko‘p beradi, ammo ulamolar amalidan qisib qo‘yadi. Solihlarning suhbatiga erishtiradi, lekin ularning huquqlarini bilishdan qisib qo‘yadi. Unga toatlar eshigini ochadi va amalning ixlosidan qisib qo‘yadi”. Mana shularning hammasi niyatning buzuqligidan va ichi yomonligidandir. Chunki, agar to‘g‘ri bo‘lsa, albatta Alloh taolo ilmning manfaatidan ham, amalga ixlos qilishlikdan ham, solihlarning huquqlarini bilishlikdan ham nasiba qilib, rizqlantirib qo‘yar edi. 16. Faqih aytadi: Jabla Yahsibiyning bunday deganini eshitdim: “Biz Abdulmalik ibn Marvon bilan g‘azotda edik. Kechasi uxlamaydigan, uxlasa ham, kam uxlaydigan kishi bilan suhblatda bo‘ldik. Uni taniyolmay, bir necha kun birga yurdik. Keyin bilsak, u Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan biri ekan. Bizlarga bir voqeani aytib berdi: “Mo‘minlardan biri Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘radiki: “Yo Rasululloh, ertangi kundan najot nimada?” Aytdilar: “Allohni aldamasligingda”. Aytishdi: “Yo Rasululloh, Allohni qanday aldaymiz?” Aytdilar: “Alloh taolo buyurgan narsaga amal qilgaysan-u, Alloh taolo uchun xos etmasligingdir. Riyodan saqlaninglar, chunki riyo Allohga shirk keltirishdir. Riyokor ulki, qiyomat kunida butun maxluqotlarining oldida unga to‘rtta ism bilan nido qilingaydir: “Ey kofir”, “Ey fojir”, “Ey ahdini buzguvchi”, “Ey zarar qilguvchi”, deyilgaydir. “Amalingda alashding, ajring botil bo‘ldi, qiyomat kunida sen uchun nasiba yo‘q. Kim uchun amal qilgan bo‘lsang, ajringni o‘shandan so‘ra. Ey yolg‘onchi!” deyilgaydir”. “Sen buni Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdingmi?” deb so‘radim. Aytdi: “Hech zot yo‘q, magar o‘zi bo‘lgan Zotga qasamki, men buni Rasulullohdan eshitdim. Agar bir narsada xato qilsam, unga suyanib qolmasdim”. Keyin bu oyatni o‘qidi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling