Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
o‘limning boshga tushishi. Uchinchisi, Alloh taolo huzurida turishlik. Rabbim menga 
qaerga kirishni buyuradi: jannatgami yo do‘zaxgami – bilmayman”. 
27. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilarki: “Agar hayvonlar o‘lim haqida sizlar 
bilgan narsani bilganlarida edi, ularning yog‘liq go‘shtini hech qachon yemagan bo‘lar 
edingizlar”. 
Homid Liffofdan zikr qilindi. U aytadi: “Kimiki o‘limni ko‘p eslasa, uch narsada ulug‘ 
bo‘ladi: tavbani tez qilishda, rizqiga qanoat qilishda va ibodatda g‘ayratli bo‘lishda. Endi 
kimiki o‘limni esdan chiqarsa, uch narsada orqada qoladi: tavbasini orqaga suradi, kun 
ko‘rishga yetarli narsaga rozi bo‘lmaydi, ibodatlarida yalqovlik qiladi”. 
Zikr qilinadiki, Iso alayhissalom Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltirar edi. Unga 
kofirlardan ba’zilari: “Sen hozirgina o‘lgan o‘likni tiriltirding, balki u o‘lmagandir. Bizga 
qadim zamonda o‘lgan o‘likni tiriltir”, dedilar. Iso alayhissalom ularga: “Xohlagan 
kishingizni ayting”, dedilar. Ular: “Bizga Nuhning o‘g‘li Somni tiriltir”, deyishdi. Iso 
alayhissalom uning qabri oldiga kelib, ikki rak’at namoz o‘qidilar va Allohga duo qildilar. 
So‘ng Alloh taolo Nuhning o‘g‘li Somni tiriltirdi. Uning soch-soqollari oqarib ketgan edi. 
Shunda unga aytdilarki: “Axir, senga nima bo‘ldi, qarilik sening davringda bo‘lmagan 
edi-ku?” Nuhning o‘g‘li Som ularga: “Men bir chaqiriq eshitdim va qiyomat bo‘lib qolibdi-
da, deb o‘yladim va qiyomat qo‘rqinchidan boshimdagi sochim hamda soqollarim oqarib 
ketdi”, dedi. Undan so‘radilar: “Sening o‘lganingga qancha vaqt bo‘ldi, qanchadan beri 
shu qabrdasan?” U: “To‘rt ming yildan beri shunda yotibman, lekin o‘lim azobini 
boshdan kechirganim haligacha mendan ketgani yo‘q”, dedi. 
Deydilarki: “Bir mo‘min o‘lsa, unga qayta tirilishlik va hayotga qaytishlik taklif qilinadi. 
Lekin u o‘lim azobini, jon berish qiynog‘ini boshidan kechirgani uchun hayotga qaytishni 
xohlamaydi, faqat shahidlargina xohlaydilar. Chunki ular o‘lim azobinni totmaganlar. 
Ular ikkinchi bor hayoti dunyoga qaytib, Alloh yo‘lida jang qilib, halok bo‘lishni orzu 
qiladilar”. 
Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Unga: “Agar biz bilan o‘tirsang, sendan ul-bul 
narsa eshitar edik”, dedilar va u: “Men to‘rt narsa bilan mashg‘ulman, agar shu ovoralik 
bo‘lmaganida edi, sizlar bilan o‘tirgan bo‘lar edim”, dedi. “U narsa nima?” deb so‘rashdi. 
Shunda: “Uning birinchisi, men al-Miysoq, ya’ni va’da berilgan kun haqida o‘ylayapman, 
o‘sha kunda odam farzandlaridan Alloh taolo va’da olgan”. 
28. Alloh aytadi: “Ana ular jannatga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi va ana 
ular do‘zaxga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi”. Ana shu vaqtda men bu ikki 
firqaning qaysi birida bo‘lganman, bilmayman. Ikkinchisi, Alloh taolo onaning qornida 
bolani yaratadi va unga ruhni puflaydi, shunda maloika Allohdan: “Yo Rabbim, bu 
do‘zaxga kirguvchi baxtsizmi yoki jannatga kirguvchi baxtiyorlardanmi?” deb so‘raydi. 
Bilmaymanki, o‘sha vaqtda men uchun berilgan javob qanday bo‘ldi, ana shu haqda 
fikrlayapman. Uchinchisi, o‘lim farishtasi kelib, jonimni olmoqchi bo‘lgan vaqtda Allohga: 
“Yo Rabbim, bu musulmonlar bilan birgami yoki kofirlar bilanmi?” deydi. Menga bo‘lgan 
javob qanday bo‘ladi, bilmayman. To‘rtinchisi, Alloh taolonning Yosin surasining 59-
oyatida zikr qilingan: “Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda mo‘minlardan 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling