Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 “Faqirligingdan oldin boyligingni”, degan so‘zlaridagi mazmun shuki, agar Alloh taolo senga bergan narsasiga rozi bo‘lsang, mana shuni g‘animat bilgin. Odamlarning qo‘lidagi narsalarni, xoh mol va dunyo bo‘lsin, xoh boshqa narsa bo‘lsin, tama’ qilmagin. “O‘limdan oldin tirikligingni”, degan so‘zlari ma’nosi shuki, inson tirik ekan, u amal qilishlikka qodirdir, agar o‘lsa, uning amallari ham to‘xtaydi. Shuning uchun mo‘min kishiga bu o‘tkinchi kunlarni bekor o‘tkazmay, abadiy qolguvchi kunlari uchun g‘animat bilmog‘i lozimdir. Forslarndan bir hikmat sohibi aytibdiki: “Yosh bola bo‘lgan chog‘ingda bolalar bilan o‘ynaysan, agar yigit bo‘lganingda, ko‘ngilni chog‘lash bilan g‘aflatda yursang, qarib, zaiflashib qolganingda Alloh taolo uchun qanday amal qilasan? Demak, o‘lganingdan keyin esa zinhor Alloh taologa ibodat etmoqqa qodir bo‘lmaysan, yoshlik paytingda harakatga qodirsan, shu paytdan o‘lim farishtasi kelishiga tayyorgarlik ko‘rgin. Har vaqt Allohni yod etgin. Albatta, Alloh taolo sendan g‘aflatda emas”. 25. Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) o‘lim farishtasini ansorlardan bir kishining boshi tarafida ko‘rdilar. Unga: “Mening do‘stim bilan do‘stlashgin, u mo‘mindir”, dedilar. Shunda o‘lim farishtasi: “Ey Muhammad! Xushxabar beramanki, men mo‘minlarning hammasi bilan do‘stdirman. Allohga qasamki, ey Muhammad, agar nido qilguvchi nido qilsa, men Odam bolalarining ruhini batahqiq olaman, deb”. “Bu nido nedir?” dedilar. Aytdi: “Allohga qasamki, unga zulm qilmaymiz, ajalidan o‘tkazib yubormaymiz, qadarini tezlashtirmaymiz. Uning jonini olishlikda bizga gunoh yo‘q. Agar Alloh sizlar uchun qismat qilib qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsangizlar, mukofotlanasizlar va agar g‘azab qilsangizlar, besabrlik qilsangizlar, gunohkor bo‘lib, shu narsalar bilan o‘ralashib qolaverasizlar. Bizning huzurimizda sizlar uchun hech narsani peshlamoqlik yo‘q. Bizda sizlarga berilgan va’dalarni o‘tashlik bordir, ehtiyot bo‘lmoq lozim. Har bir tirik jon xoh quruqlikda va xoh dengizda yashovchi bo‘lsin, men har kecha-kunduz besh marotaba uning yuzlariga diqqat bilan nazar solaman va ularning har birlarini alohida, xoh katta, xoh kichik bo‘lsin, tanib-bilib olaman. Allohga qasamki, ey Muhammad, agar men biror chivinning jonini olishni xohlasam ham, jonlarni olishlikka buyuruvchi zot Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lmaguncha, men ana shunga ham qodir bo‘lmayman”. 26. Abu Said Hudriydan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) bir qancha kulayotgan kishilarni ko‘rdilar va ularga: “Agar sizlar lazzatlarni ketkazguvchi o‘limni ko‘proq eslaganlaringda edi, men ko‘rib turgan bu mashg‘ullikdan qaytgan bo‘lur edingiz”, dedilar. So‘ng: “Nafsga yoqadigan har xil lazzatlarni ketgazguvchi, uni yo‘q qilguvchi zikrlarni ko‘paytiringlar”, dedilar. Yana aytdilarki: “Albatta qabr jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lgay yoki do‘zax chohlaridan bir choh bo‘lgaydir”. Ka’bga Umar roziyallohu anhu shunday dedi: “Ey Ka’b, bizlarga o‘lim haqida biror narsa aytib bering”. U bunday dedi: “O‘lim odam farzandlarining ichiga kirib olgan bir tikan daraxtga o‘xshaydi. Uning har bir tikani badanga tomirlar kabi joylashgandir, so‘ng daraxtni bir kuchli kishi sug‘urib, kuch bilan tortadi. Uzilgani sug‘urilib chiqadi. Qolgani qoladi”. Sufyon Savriyning huzurida o‘lim eslatilsa, bir necha kunlar mana shu bilan mashg‘ul bo‘lib qolar va hech narsaga chalg‘imas edi. Agar undan biror narsa so‘ralsa, “Bilmayman, bilmayman”, deb javob berardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling