Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 Oqil kishi qabrga kirmasdan oldin qabrning zikrini eslashni ko’paytirishi lozim bo’ladi. Sufyon Savriy, Alloh rahmat qilsin aytadi:”Kimiki qabr zikrini ko’paytirsa, uni jannat bog’laridan bo’lgan bog’dek topadi, kimiki o’shandan g’ofil qolsa, uni do’zax chohlaridan bo’lgan chohdek topadi”. Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilindi. U kishi bir xutbasida aytdi:”Ey Allohning bandalari! O’limni eslanglar. O’limdan xech kim qutula olmaydi. Agar o’lim uchun (tayyor) o’tirsalaringiz ham yetadi va agar qochsalaringiz ham, yetib oladi. O’lim- peshonalaringizga yozilgan taqdir. Qabr azobidan Allohdan tilangizlar. Panoh tilangizlar! Dunyoni tashlab, oxiratdan ogoh bo’lingizlar. Ogoh bo’lingizlar. Albatta sizlarning orqalaringizda tezkor haolatda talab qilguchi border, u qabrdir. Ey odamlar!!! Ogoh bo’lingizlar, albatta qabr jannat bog’laridan bir bog’dir yoki do’zzah chohlaridan bir chohdir. Ogoh bo’lingizlar, qabr har kuni uch marta chaqiradi. Aytadiki, men qorong’ulik, daxshat va qurtlar makoniman. Ogoh bo’lingizlar! O’sha kunning ortida undan ham qattiqroq kun border, u kun yosh bolalarning , go’daklarning sochlarini oqartirib qo’yadigan, kattalar behud bo’ladigan kundir. Emizguchilar o’zi emizadigan narsasini esdan chiqarib qo’adi, homladorlarni tug’ib qo’yadi. Insonlar dovdirashidan mastga o’xshab ko’rinadilar, lekin ular mast bo’lmaydilar. Balki Allohning qattiq azobi shu ahvolga solib qo’yadi. Ogoh bo’lingizlar! Uning orqasida jahannam bor,uning issiqligi qattiqdir, u juda chuqurdir, bezagi temirdir, suvi yiringdir, qayt-qusuqdir. Unda Allohning rahmati yo’qdir”. So’nra musulmonlar qattiq-qattiq yig’ladilar. Ali aytdi:”O’sha kunning orqasidan jannart border, uning kengligi yeru osmonlarchadir. Mutaqqin bandalar uchun tayyorlangandir. Alloh bizlarni alamli azobdan saqlasin, bizlar va sizlarga jannati na’imni nasib aylasin!”. Abdurahmon o’g’li Usayddan rivoyat qilinadi:”Men eshitdimki, mo’min kishi vafot etsa, meni tezroq olib boringlar, deb aytar ekan. Uni qabrga qo’yganlaridan keyin, yer aytar ekanki:”Sen mening ustimda ekanligingda seni yaxshi ko’rar edim. Endi meni ichimda yanada yaxshiroqsan”. Agar kofir bo’lsa, tobuti ko’tarilganda, aytadiki:”Meni qaytaringlar”. Qabrga qo’yilgandan so’ng yer:”Sen mening ustimda ekanligingda men seni yomon ko’rar edim, endi sen menga yanada yomonroqsan!” der ekan”. 37. Hazrati Usmon ibn Affondan rivoyat qilinadi (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin): “U kishi qabr oldida to‘xtab yig‘labdi. So‘rabdilar: “Jannat va do‘zax eslatilsa, yig‘lamaysiz, lekin bu yerda yig‘laysiz”, deb. Usmon roziyallohu anhu aytadi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: “Qabr oxirat manzillarining birinchisidir. Agar qabrdan najot topsa, keyingisi yengildir, agar undan najot topolmasa, keyingisi yanada qiyinroqdir”. Abdulhamid ibn Mahmud Mug‘iliy aytadi: “Hazrati ibn Abbosning oldida o‘tirgan edim. Bir qavm keldi. Aytishdi: “Biz hajga chiqqan edik. Zoti Safox mahallasida to‘xtadik. Bir do‘stimiz o‘sha joyda vafot qildi. Biz uni dafn qilish uchun zarur narsalarni tayyorladik, keyin unga qabr kavladik. Lahadda bir qop-qora narsa bor edi, ya’ni ilon yotardi. Keyin u yerni qo‘yib, boshqa joyni kavladik, u yerda ham o‘shanday ilon yotar edi, u yerni ham tashlab, uchinchi joyni kavladik, u yerda lahadni to‘ldirib ilonlar yotar edi, keyin oldingizga keldik”. Ibn Abbos (Alloh ikkallalaridan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bu hol uning qilgan yomon ishidandir. Boringlar, uni qabrning bir tomoniga ko‘maveringlar. Allohga qasamki, agar yerning hamma joyini kavlasalaringiz ham, o‘sha ilon chiqib kelaveradi. Bu gapni uning qavmiga xabar qilinglar”. So‘ngra u kishining oldidan jo‘nadik, uni o‘sha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling