Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 qabrning bir tomoniga dafn qildik. Uyga qaytgandan keyin uning bizlarda qolgan ba’zi matolari bor edi, o‘shalarni oilasiga keltirdik va xotinnidan so‘radik: “U nima ish qilardi?” Xotini aytdi: “U bug‘doy sotardi, u har kuni o‘ziga yetarli miqdordagi ovqatlikni olardi-da, keyin qora bug‘doy poxolini uning o‘rniga tashlab, aralashtirib sotardi”. Faqih rahimallohu aytadi: Bu xabar xiyonatlik ish qabr azobiga sabab bo‘lishiga dalildir. Bu yerda tiriklar uchun ibrat shuki, xiyonatdan tiyilmoqlari kerakdir. Aytiladiki, albatta, yer har kuni besh marta nido qiladi. Birinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda yurasan va ichimga qaytasan!” Ikkinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda xilma-xil narsalarni yeysan va ichimda seni qurtlar yeydi”. Uchinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda kulib yurasan, ichimda hademay yig‘laysan”. To‘rtinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda shodu xursand yurasan, yaqinda ichimda xafa bo‘lasan”. Beshinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda gunoh qilasan, yaqinda ichimda azoblanasan”. Amr ibn Dinordan rivoyat qilindi: “Madinalik bir kishining singlisi Madinaning bir chetida yashar edi. O‘sha singlisi kasal bo‘lib qoldi va uni ko‘rib, qaytib keldi. Keyin singlisi o‘ldi. Uni ko‘mish uchun kerakli narsalarni tayyorlaganlaridan so‘ng, qabrga olib borishdi. Ko‘mib bo‘lib, uyiga qatgandan so‘ng, o‘zining hamyonini o‘sha qabrda qoldirgani esiga tushdi. O‘rtoqlarining biridan yordam so‘radi, so‘ngra ikkalasi qabrga kelib, qabrni kavlashib, hamyonni topishdi. O‘rtog‘iga aytdi: “Sen nariroqqa ketgin, men singlimning holatini ko‘rayin”. So‘ng qabrni ustini o‘rab turgan narsalarni oldi va singlisining qabrida o‘t shu’lalanib yonib turganligini ko‘rdi, so‘ng qabrni yopib uyiga qaytdi. Uyga kelib onasidan: “Singlim nima ishlar qilishini ayting!” deb so‘radi. Onasi: “Nima uchun singlingnni so‘rading, u axir o‘lgan-ku?”, dedi. U yana so‘radi: “Ayting”. Onasi aytdiki: “Singling namozlarni kechiktirardi, namozlarni to‘liq, tahorat bilan o‘qimasdi, qo‘shnilarning eshigiga kelib quloq tutib, ularning gaplarini eshitardi, gaplarini eshitib, birovlarga yetkazardi...” O‘sha chaqimchiligi uning qabr azobida qolishiga sabab bo‘lgan. Qabr azobidan kim najot topmoqlikni xohlasa, u chaqimchilikdan o‘zini ozod qilishi kerakdir va boshqa gunohlardan ham saqlanib, qabr azobidan qutulishi lozimdir. Unga Alloh Munkar-Nakir savollarini oson qiladi. Alloh taolo aytadi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling