Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Chorlaguvchi notanish bo‘lgan bir bir narsaga chorlaydigan – chaqiradigan


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Chorlaguvchi notanish bo‘lgan bir bir narsaga chorlaydigan – chaqiradigan 
Kunda ular ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yeyilgan 
chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar. Chorlaguvchi tomoniga 
shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar: “Bu og‘ir kundir!” derlar” (Qamar, 6-
8). 
Insonlar, jinlar va boshqa maxluqot – hammalari yig‘ilib turganlarida osmondan qattiq 
o‘kirik eshitiladi, bu ularni qo‘rqitib yuboradi, keyin osmon ochiladi va dunyo osmonning 
farishtalari yerdagilarga o‘xshab tushadi, keyin saflarini egallab turishadi. Ularga 
deydilarki: “Rabbimiz hisob qilishni sizlardan buyurib yubordimi?” Aytadilarki: “Yo‘q, 
Rabbimizning amri endi keladi” Keyin ikkinchi osmonning farishtalari tushadi, dunyo 
osmoni farishtalari ko‘payishib tushishadi va dunyo ahli atrofida turib oladilar. 
Zahhok aytadiki: “Alloh taolo dunyo osmoniga buyuradi va u ichidagi farishtalari bilan 
ochiladi, farishtalar tushib yerni va yerdagi narsalarnni o‘rab olishadi, keyin ikkinchi 
osmon o‘z ichidagilari bilan ochiladi, keyin uchinchisi, keyin to‘rtinchisi, keyin 
beshinchisi, keyin oltinchisi, keyin yettinchisi ochilib, farishtalari tushib yetti saf bo‘lib, 
bir-birlariga aralashib turishadi. Yer ahli qaysi tomondan kelmasinlar, o‘sha joyda yetti 
qator farishtalarni topadilar. Alloh taolo aytadiki: 
“Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va yer chegarasidan o‘tib 
ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-
qudrat bilangina o‘ta olursizlar! (Lekin u kunda sizlarda hech qanday kuch-
qudrat bo‘lmas)” (Rahmon, 33). 
“Bulutli osmon yorilib, (barcha) farishtalar (er yuziga) tushirilgan (qiyomat) 
kunini (eslang)!” (Furqon, 25). 
47. Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: “Alloh taolo aytadiki: 
“Ey insonlar va jinlar jamoasi! Men sizlarga nasihat qildim, mana bu sahifalaringizdagi 
qilgan amallaringizdir, kimki yaxshilikni topsa, Allohga hamd aytsin, kimki boshqa 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
narsani topsa, o‘zini malomat qilsin”. So‘ngra Alloh taolo jahannamga buyuradi va undan 
uzun, qop-qora bo‘yin ko‘tarilib chiqadi va gapiradi. Alloh taolo aytadiki: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling