Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Sur chalinib, Alloh o‘zi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Sur chalinib, Alloh o‘zi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi 
(barcha) kimsalar dahshatga tushib (qo‘rqib) qolgan va barcha U zot 
(huzuriga) bo‘yin eggan holda kelgan kunni (eslang)!” (Naml, 87). Yerda zilzila 
bo‘ladi. Emizguvchilar o‘zi emizgan narsasini esdan chiqarib qo‘yadilar, homiladorlar 
tug‘ib (bola tashlab) qo‘yadilar va insonlar dovdirashidan mastga o‘xshab ko‘rinadi, 
lekin ular mast bo‘lmaydi, balki Allohning qattiq azobi ularni shu ahvolga solib qo‘yadi. 
Yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Shaytonlar qochib ketishadi. Alloh taoloning so‘zi: 
“Ey insonlar! Parvardigoringizdan qo‘rqing! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) 
zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningiz emizayotgan (onalar) 
emizib turgan (bola-sini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini 
tashlab yuborar: odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz. Holbuki ular o‘zlari mast 
emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir” (Haj, 1-2). 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
Birinchi surdan keyin Alloh xohlagancha vaqt o‘tadi. Keyin ikkinchi marta chalishga 
buyuradi, ikkinchi marta chalinganda yeru osmon ahli o‘ladi, faqat Alloh xohlaganlargina 
qoladi. Dalili Allohning ushbu so‘zidir: “Sur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi 
barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi” (“Zumar”, 68). 
Bu oyatdagi Alloh xohlagan zotlar, ya’ni o‘lmaganlar shahidlarning ruhidir. Ba’zilar 
aytganlarki, ular Jabroil, Mikoil, Isroflil va ajal farishtalaridir, keyin Alloh taolo ajal 
farishtasiga (o‘zi bilgan holda) savol berarkanki: “Maxluqlarimdan kim qoldi?” deb. 
Aytadiki: “Ey Parvardigor! Sen hech qachon o‘lmaydigan tirik zotsan, Jabroil, Mikoil, 
Isrofil, yana Arshingni ko‘tarib turuvchi farishtalar va men qoldim”, deb javob berganida
Alloh taolo ularning ham jonini olishga buyurar ekan. Kalbiy va Muqotil rivoyatida 
shunday zikr qilingan. 
Muhammad ibn Ka’b bir kishidan va u kishi Abu Hurayradan qilgan rivoyatda bunday 
deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) aytishlaricha: “Alloh subhonahu va taolo aytadiki: “Jabroil, 
Mikoil, Isrofil o‘lsin. Arshni ko‘tarib turguvchi farishtalar o‘lsin!” So‘ngra Alloh azza va 
jalla aytadiki: “Ey ajal farishtasi, mahluqlarimdan kim qoldi?” deb. Shunda farishta: “Sen 
o‘lmaguvchisan, doimo tiriksan, ajal farishtasi bo‘lmish zaif quling qoldi”, deganida, Alloh 
aytadiki: “Ey ajal farishtasi, Mening: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling