Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCHI VA DAHSHATLARI 43. Oyisha (roziyallohu anho) onamiz: “Yo Rasulalloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?” dedi. Aytdilarki: “Uchta joyda eslay olmaydi: amallari tarozuga qo‘yilganda, chunki tarozim og‘ir keladimi yoki yengilmi, degan xayol bilan band bo‘ladi; sahifalari (nomai a’mol) tarqatilganda, chunki meniki o‘ng tomondan berilarmikan yo chapdanmi, deb turadi va jahannamdan bir bosh chiqib, ularga tez-tez yurib keladi va aytadiki: “Uchta narsaga vakil qilindim: “Allohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir zolim mutakabbirga va har bir hisob kuniga ishonmaydiganga”, deydi. Keyin ularning ustiga yopiriladi va jahannamga otib yuboriladi. Jahannamning ustida qildan nozik, qilichdan o‘tkir ko‘prik bor, unda tikanak va zanjirlar bor. Insonlar undan chaqmoqdek yoki yeldek uchib o‘tadilar, ularning orasida najot topgan musulmon ham bo‘ladi, terisi shilinib yorilgani ham bo‘ladi va do‘zaxga yuztuban ag‘darilib tushadiganlari ham bo‘ladi”. 44. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladi: “Ikki nafxa (birinchi nafxa – odamlarni o‘ldirish uchun chalingan sur, ikkinchi nafxa - odamlarni tirilitirish uchun chalingan sur) orasida 40 yil bo‘ladi, keyin Alloh taolo osmondan erkaklar maniyiga o‘xshash suv tushiradi, keyin insonlar o‘t o‘sgandek o‘sib chiqadilar”. 45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: “Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb, Arshga tikilib turibdi. Dedimki: “Ey Rasulalloh! Sur nima?” Aytdilarki: “Nurdan qilingan karnay”. Dedimki: “U qanday narsadir?” Aytdilarki: “Doirasi keng, meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)”. Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi hamma qo‘rqib ketadi. Dalil ushbu oyatki: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling