Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob. Qiyomatning qo‘rqinch va dahshatlari bobi hadislari
- V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING SIFATLARI
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 Ey oqil inson, senga Alloh taolo qiyomat qiyinchiliklarini yengillatishi uchun sen o‘zing bu dunyodagi qiyinchiliklarga sabr qilib, Allohga toat-itoat qilmog‘ing lozim. Alloh o‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchidir. ___________ IV bob. Qiyomatning qo‘rqinch va dahshatlari bobi hadislari 1. Oyisha. Yo Rasululloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?...» Zaif*. Ahmad (110/6) va «Zaiful jome’» (1245) ga qarang. 2. Abu Hurayra. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Ikki nafha (sur)...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4935) va Muslim (2955). 3. Abu Hurayra. «Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir (31/30, 30/24, 110/17) va Bayhaqiy, «Al-ba’s van nushur» (236). 4. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey insonlar va jinlar jamoasi...»* Oldingi 3-hadisdan bir juz’. 5. Nofe’ ibn Umar. «Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar...» Ibn Kasir «Al-bidoya van-nihoya»da (267/1). 6. Maoz ibn Jabal. «Qiyomat kunida banda narsa haqida so‘ralmaguncha...» Sahih*. Bazzor (157/4), Xatib (441/11) va «As-sahihatu» (946) ga qarang. 7. Ibn Mas’ud. «Kofir kishi u kunning uzunligidan...» Zaif*. Abu Ya’lo va Hibbon (2582) «Al-matolibi-oliya» (270/4) va «Val-majma’a» (336/10) ga qarang. 8. Ibn Abbos. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan...» Hasan* Ahmad. (176/4) «As- Sunna» (797/818). V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING SIFATLARI 52. Abu Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil rangga kirguncha qizdiriladi, keyin yana ming yil oq rangga kirgunicha qizdiriladi, so‘ng ming yil yondirilib qizdirilib qop-qora qilinadi. O‘sha qoralik qop-qorong‘u tun kabidir”. Yazid ibn Mursaddan rivoyat qilinadi: u kishi ikki ko‘zidan yoshlarini hech to‘xtata olmas edi, ko‘p yig‘lab turaverganlaridan keyin, bu yig‘i ma’nosini so‘radilar. U aytdi: “Agar bir gunoh qilganimda, Alloh taolo menga hammomda abadiy saqlayman deb, qo‘rqituv va’dasini bersa edi, ko‘z yoshimni to‘xtatmasligim to‘g‘ri bo‘lur edi. Endi qanday yig‘lamaymanki, Alloh taolo uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga qamayman, deb turgan bo‘lsa!” Mujohiddan rivoyat qilinadi: “Do‘zaxda bir choh - quduq bor, unda tuyaning bo‘ynidek ilonlar, xachirdek chayonlar bor. Do‘zax ahli o‘sha ilonlarni ko‘rib qochishadi. Ularni o‘sha ilonlar lablari bilan yamlab olishadi, so‘ngra soch va tirnoqlari orasidagi nimaiki bo‘lsa, kesib yoki archib tashlashadi. Ular faqat do‘zaxga kirish bilangina bu azobdan qutulishadi”. 53. Abdulloh ibn Juz’dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor. Agar birontasi chaqsa, uning harorati qirq yilgacha ketmaydi va yana do‘zaxda xachirlardek chayonlar bor, agar birontani chaqsa, uning harorati qirq yilgacha turadi”. 54. Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz do‘zax o‘tining yetmish barobaridan biridir. Agar o‘sha olovni dengizga ikki marta tashlasalar, uning suvidan foydalanib bo‘lmaydi. Mujohid aytadi: “Albatta sizlarning olovlaringiz jahannamdan panoh tilaydi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling