Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang-tor –
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Alloh mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, ya’ni
“Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang-tor –
baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holatda tiriltirurmiz” (Toho, 124). Bir guruh tafsir olimlari tang-tor hayot qabr azobi deb tafsir qilishgan. Alloh taolo aytadi: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 25 “Alloh taolo mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham utsivor so‘z (imon kalimasi) bilan solbitqadam qilur” (Ibrohim, 27). 38. Faqih aytadi: Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Agar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikki farishta keladi va uni qabrida o‘tqazib qo‘yishib, savolga tutishadi. O‘lgan kishi odamlar orqalariga qaytganlaridan keyin, oxirgi oyoq tovushlarini eshitgay. So‘rashadi: “Rabbing kim?” “Dining nima?” “Payg‘ambaring kim?” U aytadi: “Rabbim Alloh”, “Dinim Islom”, “Payg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)”. So‘ngra aytishadi unga: “Alloh seni quvvatlantirdi, uxlagin xursand bo‘lib”. Bu Allohning so‘zidir. “Alloh mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, ya’ni uni haq so‘z – “La ilaha illalloh” bilan quvatllantiradi, va “zolimlarni adashtiradi” (Ibrohim, 27), ya’ni kofirlarni haq so‘zni aytishga muvaffaq qilmaydi. Agar kofir va munofiq qabrga kirsa, ikki farishta so‘raydi: “Rabbing kim?” “Dining nima?” “Payg‘ambaring kim?” Aytadi: “Bilmayman”. Ikki farishta: “Bilmaysan”, deb katta gurzi blilan urishadi, uning dodlagan ovozini g‘arb va sharq orasidagi hamma narsa eshitadi, faqat insonlar va jinlar eshitmaydi”. 39. Abu Hasan ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Nima qilgaysan, ey Umar, agar sening oldinga ikki farishta – Munkar-Nakir kelishsa, ikkovi qop-qora, ko‘zlari ko‘k bo‘lsa, tishlari bilan yerni o‘yib kelsa. Ikkovlarining ovozlari qattiq momaqaldiroqday bo‘lsa, ko‘zlari chaqmoqday bo‘lsa?” Umar roziyallohu anhu aytdilar. “Ey Allohning Rasulli, mening ahlim bo‘ladimi, xuddi men bu kunda bo‘lganimdek?” Rasululloh: “Ha”, dedilar. Umar roziyallohu anhu aytdi: “Unday bo‘lsa, ikkoviga ham kifoya qilurman, Allohning izni bilan”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Umar muvaffaq qilinadi”. 40. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Inson vafot etgandan keyin uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi, faqat insonlar eshitmaydi. Agar eshitsa, albatta, xuddi yashin urgandek bo‘lib hushidan ketadi. Uni qabriga olib borishadi. Agar u solih bo‘lsa, meni tezroq olib boringlar, mening oldimdagi yaxshilikni bilganlaringda edi, meni tez yetkazar edilaring, deb aytadi. Va agar yomon bo‘lsa, men uchun shoshilmanglar, agar mening oldimdagi yomon ishlarni bilsalaring edi, hech qachon shoshilmas edinglar”, deb aytadi. Qabriga qo‘yilgach, qora, ko‘k ko‘zli ikki farishta keladi. Uning oldiga boshi tomonidan kelishadi. Namozi aytadi: “Men tomondan kelmagin, bu kishi ko‘pincha kechasi mana bu joydan qo‘rqib, saharlari turib chiqar edi”. Keyin ikki oyog‘i tomondan kelishadi, ota- onasiga qilgan yaxshiligi kelib aytadi: “Biz tomondan kelmagin, bu oyoqlari bilan xizmat qilib yurar edi, mana shu joydan qo‘qqan holda”. So‘ngra o‘ng tomonidan kelishadi, bergan sadaqalari aytadiki: “Men tomondan kelmagin, mana shu joydan qo‘rqqan holda sadaqalar berar edi”. So‘ngra chap tomonidan kelishadi. Ro‘zasi aytadiki: “Men tomondan kelmanglar. Albatta, u chanqoq, och yurar edi, mana shu joydan qo‘rqqan- saqlangan holda”. So‘ngra uni uxlagan odamni uyg‘otgandek uyg‘otib aytishar ekan: “Aytgan gapini so‘zlagan kishi uchun nima deysan?” Aytadi: “U Allohning elchisi Muhammaddir (s.a.v.). So‘ngra aytadi: “Shohidlik beraman, albatta, u Allohning rasulidir”. Keyin ikki farishta aytarkan: “Mo‘min bo‘lib yashading, mo‘min bo‘lib o‘lding”. Va uning qabri kengayadi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling