Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga
“...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan
o‘tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar” (A’rof, 40). Yana davom etdilar: “Keyin Alloh taolo aytadi: “Uning kitobini sijjiynga yozinglar”. Keyin uning ruhini qattiqlik bilan yerga tashlaydilar. “Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir” (Haj, 31). So‘ngra uning ruhini jasadiga qaytaradi. Keyin ikki farishta kelib o‘tirishadi. “Rabbing kim?” Aytadiki: “Bilmayman”. “Dining qaysi?” “Bilmayman”. Va undan yana so‘rashadi: “Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima deysan?” Aytadi: “Ey bilmayman”. Shunda osmondan nido qiluvchi nido qiladi: “Bandam yolg‘on gapirdi! Unga do‘zax to‘shaklaridan to‘shak qilinglar va do‘zaxga kiradigan eshikni ochib qo‘yinglar”. Keyin uning ustiga do‘zaxning issig‘i va zahri kiradi. Qabri torayadi. Shunda qovurg‘alari aralashib ketadi va badbashara, yomon kiyimli, sassiq Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 21 hidli kishi kelib, unga aytadiki: “Xabardor bo‘lgin bu yomon kuning bilanki, sen shu kun xususida va’da olgan eding”. Ruh so‘raydi: “Sen kimsan?” deb. Aytadi: “Men sening yomon amalingman”. U aytadi: “Ey Parvardigor, qiyomat kunini keltirmagin, qiyomat kunini keltirmagin...” 33. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min vafot etadigan vaqtda maloikalar kelishadi. Rayhonning turli hidlari va mushkli harir bilan kelishadi va uning ruhini xamirdan qilni sug‘urgandek olishadi va aytiladi: “Ey xotirjam- sokin jon, sen rozi bo‘lgin va (sendan ham) rozi bo‘lingan holda Parvardigoringga (Parvardigoring rahmatiga va roziligiga) qaytgin”. Ruh chiqarilgandan so‘ng, rayhon va mushk, ichiga qo‘yiladi. Harir uning ustiga yopiladi va uni illiyinga yuboriladi. Agar kofir bo‘lsa, o‘layotgan paytida cho‘g‘ bo‘lgan bir mato bilan maloikalar kelishadi va uni joni qattiq qiynoq bilan olinadi va aytiladi: “Ey iflos nafs-jon, sen g‘azabda bo‘lgan va g‘azab qilingan holda Allohning xorligi va azobiga qaytgin”. Vaqtiki uning ruhi chiqarilsa, o‘sha cho‘g‘li matoga qo‘yiladi va unda qo‘rqinchli ovozlar bordir, uning ovozi guldirab-o‘kirib turadigan holatdadir va uning ustiga dag‘al matoni yopishib, shu bilan sijjiynga yuboriladi”. 34. Faqih Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi. Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, u zot aytadiki: “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi va rayhonlar uning ustiga sochiladi, harir bilan berkitiladi. Agar u Qur’ondan yodlagan bo‘lsa, Qur’onning nuri u joyda kifoya qiladi. Agar bu bo‘lmasa, xuddi quyoshning nuridek bir nur qo‘yiladi. Uning misoli xuddi uxlayotgan kelinchak kabidirki, uni faqat yaqin, suyukliroq kishisi uyg‘otadi. So‘ngra xuddi uyquga to‘ymagandek uyg‘onadi. Agar kofir bo‘lsa, uning qabri unga tor bo‘ladi, suyaklari, qovurg‘alari qorni ichiga kirib ketadi, uning ustiga ilonlarni yuborishadi. Ilonlarning bo‘g‘inlari yo‘g‘onligi xuddi Xuroson tuyasining bo‘yniga o‘xshaydi. Uning suyagida go‘shti qolmaguncha yeydi. So‘ngra azob farishtalarini yuboradi. Ular, ko‘r, kar, soqovlar, ularda katta temir gurzi bo‘lib, uni o‘sha bilan urishadi. Unga nisbatan qalblarida rahm-shafqat uyg‘onmasligi uchun ovozini eshitmaydilar, unga muloyimlik qilmaslik uchun uni ko‘rmaydilar va unga erta-yu kech do‘zax ko‘rsatilib turadi”. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadiki: Kimki qabr azobidan qutulmoqni xohlasa, unga to‘rt narsa lozim bo‘ladi, to‘rt narsadan esa uzoqlashishi kerakdir. Lozim bo‘lgan to‘rt narsa: namozlarini to‘liq ado qilmoqlik, (zakot) sadaqa bermoqlik. Qur’on o‘qimoqlik, tasbehni ko‘paytirmoqlikdir. Bu narsalar qabrni ravshan qiladi va kengaytiradi. Uzoqlashi kerak bo‘lgan to‘rt narsa yolg‘onchilik, xiyonat, chaqimchilik va siydikdan saqlanmaslik. Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadi: 35. “Siydikdan poklaninglar, chunki qabr azobining ko‘prog‘i o‘shandandir”. 36. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yana rivoyat qilinadiki:”Alloh taolo to’rt narsani sizlar uchun yomon ko’radi: namozda ortiqcha ishlar bilan shug’ullanishni, qiroatda lag’v qilishni, ro’zada yomon so’z va amallardan uzoq bo’lmaslikni , qabristonda kulmoqlikni”. Muhammad ibn Sammokdan rivoyat qilinadi: U kishi qabristonga qarab aytdilar:”Bu qabrlarning jim turmoqligi sizlarni aldab qo’ymasin. G’am-tashvish chekkanlarningko’prog’I shu yerdadir, qabrlarning barobarligi sizlarni aldab qo’ymasin,xilma-xil tafovutdagilar(yaxshi-yomon, jannati, do’zzaxi) shu yerdadir”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling