Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Sabr va namoz bilan Allohdan yordam so‘ranglar"
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Sabr va namoz bilan Allohdan yordam so‘ranglar" (Baqara, 153), oyatini o‘qidilar.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 161 346. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Etiklaringizning ipi uzilsa ham, "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", deb aytingiz, chunki u ham musibatdir". 347. Ummu Salama (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bir musibat bilan musibatlansa, Alloh taolo buyurgandek "biz Allohniki va biz Allohga qaytguvchimiz. Alloh, bu musibatim uchun menga ajr bergin va uning orqasidan undan yaxshisini bergin", desa, Alloh o‘shani beradi". Ummu Salama onamiz aytadilar: "Abu Salama vafot etganda o‘shanday dedim, keyin: "Kim menga Abu Salamadek bo‘la olardi?" deb o‘yladim. Uning orqasidan Alloh taolo menga rasuli Muhammadni sollallohu alayhi vasallam taqdim qildi". U zot alayhissalom Ummu Salamaga uylandilar. 348. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Musibat tushganda sonlariga urish ajrni yo‘q qiladi. Musibatga ilk to‘qnashgandagi sabrning ajri katta bo‘ladi. Ajr musibatning kattaligiga qarab bo‘ladi. Kim musibatdan keyin, biz Allohniki va biz Allohga qaytguvchimiz, desa, Alloh uning ajrini musibat yetgan kunidek yangilab beradi". Faqih aytadilar: Oqil kishi musibatning savobi haqida fikr qilishi lozim. Shunda unga musibat yengil bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo musibatga sabr va qanoat qilsagina katta savob bo‘lishini aytgan. "Albatta, sizlarni imtihon qilamiz..." Allohning imtihoni o‘zi bilgan g‘aybni zohir qilishdir; "xavf xatar bilan..." ya’ni, dushman bosqini, qo‘rqinchi bilan; "ochlik bilan", "mollarni, jonlarni va mevalarni kamaytirish bilan" Alloh imtihon qiladi. "Sabr qiluvchilarga xushxabar bering". So‘ng ularni vasf qildi: "Biror musibat yetganda, albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchimiz, deydilar". "Biz Allohning (bandalarimiz)...", ya’ni, biz Allohning qullari va biz Uning mulkidamiz, agar yashasak, rizqimiz Uning ustida. "...va, albatta, biz U zotga qaytguvchimiz". Ya’ni, o‘limdan keyin. Bizlar Uning hukmiga rozi bo‘lishimiz shart. Agar biz Uning hukmiga rozi bo‘lmasak, Unga qaytganimizdan keyin U bizdan rozi bo‘lmaydi. "Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) bordir". Salovot uch narsa ustidadir: Toatga tavfiq, gunohlardan saqlanish, mag‘firat. Bu gap birgina salovotning tafsiridir. Ammo boshqa salovotlarning nihoyasini Allohning o‘zi biladi. "...va rahmat bordir", ya’ni, Alloh taolodan. "Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir" (Baqara, 155- 157). Said ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Istirjo’ aytish faqat shu ummatga berildi. Agar boshqa ummatga berilganda, Ya’qub alayhissalomga berilardi. U kishiga musibat yetganda: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling