Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
168 Bizlar ikki odamning o‘rtasida kasallikdan gandiraklab turgan bo‘lsa-da safga kelib turgan kishini ko‘rdik. Qaysi kishi tahorat olsa va tahoratini chiroyli qilib, masjidlardan biriga borsa va u yerda namoz o‘qisa, Alloh taolo uning har qadamiga yaxshilik yozadi va darajasini ko‘taradi, xatolarini o‘chiradi, hattoki bizlar qadamlarimiz orasini yaqin qilsak ham albatta, kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma yetti daraja ziyoda bo‘ladi". 369. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: "Masjid oldiga ko‘chishni xohladik – u yerda bir bo‘sh joyimiz bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot bizning oldimizga kelib: "Ey bani Salama, eshitishimcha, sizlar masjid oldiga ko‘chmoqchi ekansizlar?" dedilar. Biz: "Ey Allohning elchisi, masjid uzoq, o‘sha yerda bo‘sh joy bor edi", dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ey bani Salama, o‘z yeringizda turaveringlar, chunki bosgan izlaringiz yoziladi". Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan keyin masjidning atrofiga ko‘chishni xohlamay qoldik". 370. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jamoat bilan qirq kun namozning bir rak’atini ham qoldirmay o‘qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri – do‘zaxdan omonlik, ikkinchisi – nifoqdan omonlik". 371. Uboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim mukammal tahorat qilsa, keyin namoz o‘qishga tursa, ruku’, sajda va qiroatini komil qilsa, shunda namoz aytadi: "Sen meni saqlaganingdek Alloh ham seni saqlasin", deb. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda yorug‘lik va nur bo‘ladi. Osmon eshiklari ochilib, u Alloh taboraka va taolo huzuriga yetadi va egasi uchun shafoat so‘raydi. Agar namozning ruku’sini, sajdasini, qiroatini zoe’ qilsa, namoz: "Sen meni zoe’ qilganingdek, Alloh ham seni zoe’ qilsin", deydi. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda zulmat bo‘ladi, osmonga yetganda osmon eshiklari yopiladi. Keyin eski kiyim o‘ralgandek o‘raladi va u bilan egasining yuziga uriladi". 372. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarga o‘g‘irlikda odamlarning yomoni kimligini aytayinmi?" dedilar. Sahobalar: "Kim u, ey Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Namozidan o‘g‘irlovchi", dedilar. Sahobalar: "Kishi namozidan qanday o‘g‘irlaydi?" deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ruku’ va sajdasini mukammal qilmasdan". Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: "Namoz o‘lchovdir, kim o‘lchovini to‘la qilsa, unga ham to‘la qilinadi va kim urib qolsa, Alloh taolo o‘lchovdan urib qolganlar haqida nima deganini bilasizlar". 373. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Munofiqlarga namozning og‘iri xufton va bomdod namozidir. Agar ikkoviga bo‘lgan ajrni bilganlarida emaklab bo‘lsa ham kelardilar". 374. Burayda Aslamiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qorong‘i kechalarda masjidlarga boruvchilarga qiyomat kunida yorqin nur bo‘lishi bashoratini beringlar". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling