Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
176 berish ham yakka Alloh uchun. Keyin "as-salamu alayka ayyuhan nabiyyu" deydi, ya’ni, ey Muhammad, sizga salom bo‘lsin, Rabbingizning risolatini yetkazdingiz va ummatingizga nasihat qildingiz; "va rahmatullohi", ya’ni, Allohning roziligi siz uchun vojibdir; "va barokatuhu", ya’ni, sizga va ahlingizga Allohdan barakotlar bo‘lsin; "as-salamu alayna va ‘ala ibadillahis-solihin", ya’ni, bizlarga, bizdan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar va siddiqlarga hamda ularning yo‘llarini qiyomat kunigacha ushlaganlarga Allohning mag‘firati bo‘lsin; "ashhadu al-laa ilaha illalloh", ya’ni, osmon va yerda undan boshqa ma’bud yo‘q; "va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu" – Payg‘ambarlarning oxirgisi va pokdomoni, barcha yaratilganlarning eng yaxshisi, deb guvohlik beraman. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qiydi. O‘zi va mo‘minlar uchun duo qiladi. Keyin o‘ng va chap tomoniga salom beradi. Sizlar masjiddan chiqqanimdan keyin xiyonatimdan, yomonligimdan omon, salomat bo‘lgan mo‘min birodarimsizlar, degan ma’noda o‘ng va chap tomonga salom beriladi. 386. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz o‘quvchi uchun uch karomat bor: yaxshilik uning boshiga osmon bulutlaridan sepiladi, maloikalar uni qadamidan to osmon bulutlarigacha o‘rab olishadi, farishta, banda kim najot topishini bilsa edi, namozdan hech ham chiqmas edi, deb nido qiladi. Bu karomatlarning hammasi namoz o‘quvchilar uchundir". Namozxon namozining qadrini bilmog‘i va unga bergan narsalari hamda bu ishga muvaffaq qilib qo‘ygani uchun Alloh taologa hamd aytmog‘i lozim. Qatodadan rivoyat qilinadi: Doniyol alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini sifatladilar. Aytdilarki: "Ular o‘qigan namozlarni agar Nuh qavmi o‘qiganida edi, daryoga g‘arq bo‘lmasdi. Agar Od qavmi o‘qiganida, tug‘mas shamol ustlariga yuborilmas edi. Agar Samud qavmi o‘qiganida, ularni chaqmoq olib ketmas edi". Keyin Qatoda aytdilar: "Sizlar namozni o‘zlaringizga vojib qilib olingizlar, chunki u mo‘minlar uchun yaxshi xulqdir". 387. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim rahm ko‘rgan ummatdir. Alloh ixloslari, duolari, namozlari va zaiflari sabab ulardan balolarni daf qiladi". _______________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling