Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"(Odamlarni) Allohga da’vat etgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, "Shak-
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"(Odamlarni) Allohga da’vat etgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, "Shak-
shubhasiz, men musulmonlardandirman", degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor"? (Fussilot, 33) oyati muazzinlar haqida tushgandir". 389. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muazzinning gunohi ovozining uzunligi qadar kechiriladi. Unga u bilan birga namoz o‘qiganlarning savobi kamaytirilmasdan yoziladi". 390. Abu Vaqqos (r.a.) Xavla binti Hakim Salmiyyadan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kasal kasallik paytida Allohning mehmonidir. Unga har kun yetmishta shahidning amali ko‘tariladi. Kasalidan tuzalsa, uni onadan tug‘ilgandek gunohlardan (pok holda) chiqaradi. Agar unga o‘lim kelsa, hisob-kitobsiz jannatga kiritadi. Muazzin Alloh taoloning hojibidir (ya’ni, eshik og‘asi). Unga har bir azoni uchun mingta payg‘ambarning savobi beriladi. Imom Allohning vaziridir. Har bir o‘qib bergan namoziga mingta siddiqning savobini beradi. Olim Allohning vakilidir. Har bir gapiga qiyomat kunida nur beradi va har so‘ziga ming yillik ibodatni yozadi. Ilm oluvchi erkak-ayollar Allohning xizmatchilaridir. Ularning mukofotlari jannatdir". Faqih aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Muazzin Alloh taoloning hojibidir", degan so‘zlari ramziydir. Ya’ni, eshik og‘asiga o‘xshab odamlarga podshohning ruxsat vaqti bo‘lganini bildiradi, muazzin ham ibodat vaqti yetganida, odamlarga izn beradi. Shuningdek, "Allohning vaziri", deganlari – odamlar uning namoziga ergashadilar va namozlari uning namozi bilan to‘kis bo‘ladi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 178 391. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim yetti yil azon aytsa, Alloh uni do‘zaxning yetti darajasidan ozod qiladi, faqat niyatini yaxshilagandan so‘ng". 392. Ato ibn Yosar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Muazzinning gunohi ovozi uzunligi qadar kechiriladi va uni ho‘l-u quruq – hammasi tasdiqlaydi". 393. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Agar bu vodiyda turib azon aytsang, ovozingni baland qil, chunki men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Muazzinning keng ovozini eshitgan daraxtlar, xarsanglar, mayda toshlar, insonlar, jinlar qiyomat kunida Allohning huzurida uning uchun shohidlik berishadi!" deganlarini eshitganman". 394. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Alloh taolo qiyomat kunida jannat tuyalaridan birining ustida Bilolni jo‘natadi va u tuyaning ustida turib azon aytadi. "Ashhadu al-laa ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadar- rosululloh", desa, odamlar bir-biriga qarab, siz guvohlik bergan narsaga biz ham guvohlik beramiz, deyishadi. So‘ng, mahshargohga ketishadi, mahshargohga yetganlarida jannat ridosi keltiriladi. Birinchi bo‘lib kiydiriladiganlar Bilol va solih muazzinlardir". 395. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Muazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzun odamlardir. Albatta, qiyomatda birinchi hukmi chiqadiganlar payg‘ambarlar, ulardan keyin shahidlar va muazzinlardir. Avval Ka’batullohning va Baytul-Maqdisning muazzinlari chaqiriladi, keyin boshqa muazzinlar". Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar muazzin bo‘lganimda, g‘azotga chiqmaganimga parvo qilmasdim". Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Muazzin bo‘lganimda farz hajni qilganimdan keyin haj va umra qilolmasam, o‘kinmasdim". Ali ibn Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaniydi azon aytishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Hasan va Husaynlar uchun so‘rab olgan bo‘lganimda, shundan boshqa narsaga afsus qilmayman". 396. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Qaysi shaharda muazzinlar ko‘paysa, u yerda sovuq kamayadi". 397. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar muazzinlar azon aytsalar, shayton qochib, Ravho’gacha boradi" (Ravho’ Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqdagi joy). Faqih aytadilar: Muazzin muazzinlar fazilatiga yetishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir. 1. Namoz vaqtlarini bilmog‘i va unga rioya qilmog‘i. 2. Halqumini saqlamog‘i. Halqumi uchun azonni kechiktirmasligi. 3. U yo‘qligida o‘rniga boshqa kishi azon aytsa, unga g‘azab qilmasligi. 4. Azonni yaxshi aytmog‘i. 5. Savobini Allohdan so‘ramog‘i, odamlarga minnat qilmasligi. 6. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmog‘i va haqiqatni boyga ham, kambag‘alga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling