Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


infoq-ehson qiladigan kishilar"


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

infoq-ehson qiladigan kishilar" (Baqara, 2-3); yana deydi:
"Namozni to‘kis ado qilinglar" (Baqara, 43);
"Namozni to‘kis ado qiling" (Hud, 114);
"Va namozni barpo qiluvchilar" (Niso, 162). 
Xabarlardan ko‘rinadiki, qaerda namozning zikri kelsa, o‘sha yerda uni ado qilishlik ham 
aytilgan. 
Munofiqlarning zikrida Alloh taolo aytadi:
"Bas, namozlarini "unutib" qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan namozxonlarga halokat 
bo‘lg‘ay" (Mo’un, 4-5). 
Alloh taolo munofiqlarni namozxonlar, deb atadi, mo‘minlarni esa, namozni barpo 
qiluvchilar, deb nomladi. Demak namoz o‘quvchilar ko‘p, namozni to‘kis ado etuvchilar 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
kam ekan. Faflat egalari amallarini riyo bilan qiladilar. Ular Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan 
kunni, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, o‘ylamaydilar. 
379. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarning ba’zilaringiz namoz 
o‘qiydi, nomai a’moliga namozi savobining uchdan biri, to‘rtdan biri, beshdan biri, 
oltidan biri, hatto o‘ndan biri yoziladi", ya’ni, namozda beparvo bo‘lgan qismlariga savob 
yozilmaydi. 
380. Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilinadi: "Kim ikki rak’at namozni 
Allohga qalbi bilan yuzlangan holda o‘qisa, yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok bo‘lib 
chiqadi". 
Albatta, bandaning namozi bandaning Alloh taologa yuzlanishi bilan ulug‘ qilindi. Agar 
yuzlanmasa va fikri-xayoli namozdan chalg‘ib qolsa, u shunday bir elchi kabidirki, u 
podshohning huzuriga qilgan xatosiga, adashganiga uzr aytish uchun keladi. Eshikka 
yetib kelib turadi. Podshoh unga qarasa, elchi o‘ngga-chapga qaraydi. Shuning uchun 
podshoh uning hojatini bajarmaydi, unga e’tiboriga munosib muomala qiladi. Namoz 
ham shu kabidir, bas, namozni unutsa, undan qabul qilinmaydi. 
Namozning misoli podshohning to‘yiga o‘xshaydi. Undagi dasturxon turli taom va 
ichimliklardan tayyorlangan. Har birining o‘ziga xos lazzati, manfaati bor. Namoz ham 
shunga o‘xshash: Alloh bandalarini namozga chaqiradi va unda xilma-xil af’ol-zikrlarni 
tayyorlaydi va ibodatga buyuradi. U af’ol va zikrlar bilan ibodat qilish har qanday suratda 
ularga lazzat beradi. Bas, af’ollari taom, zikrlari ichimlik kabidir. 
Aytilishicha, namozda o‘n ikki ming xislat bor. Bu o‘n ikki ming xislat o‘n ikki ishga jam 
qilingan. Kim namozni ado etishni xohlasa, bu o‘n ikki ishni mahkam tutmog‘i lozim. 
Birinchisi, ilm. 
381. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ilm bilan qilingan ozgina amal 
bilmasdan qilingan ko‘p amaldan yaxshidir". 
Ikkinchisi, tahorat. 
382. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘zlariga ko‘ra, "Namoz faqat tahorat bilan 
barpo bo‘ladi".
Uchinchisi, kiyim. Alloh taolo aytadi:

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling