Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh
www.ziyouz.com kutubxonasi
191 441. Sa’d ibn Mas’ud Kindiy rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi inson kecha va kunduzda sadaqa qilib tursa, ilon chaqib o‘lishdan, tom bosib o‘lishdan yoki to‘satdan o‘lib qolishdan muhofaza qilinadi". 442. Abu Hurayra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot aytdilarki: "Mol sadaqa qilish bilan kamaymaydi va kishi o‘ziga yetgan zulmni avf etsa, Alloh unga azizlikni ziyoda etadi. Qaysi kishi Alloh uchun tavozu’ qilsa, Alloh uning darajasini ko‘taradi". Ikrima (r.a.) Ibn Abbosning bunday deganlarini rivoyat qiladi: "Ikki narsa shaytondan va ikki narsa Alloh taolodan", deb keyin bu oyatni o‘qidilar: "Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga o‘z tarafidan mag‘firat va fazlu karam (boylik) va’da qiladi", ya’ni, sizlarni toatga va sadaqa qilishga buyurib, fazli va mag‘firatiga yetkazmoqni xohlaydi. "Alloh (fazlu karami) keng va bilguvchidir" (Baqara, 268). Ya’ni, fazlu karami keng va sadaqa qilgan kishining savobini bilguvchi zot. 443. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar qaysi bir qavm ahdini buzsa, Alloh ularni o‘lim bilan imtihon qiladi, qaysi qavmda fohishabozlik yoyilsa, ularga to‘satdan o‘lim yuboradi, qaysi qavm zakotni man’ qilsa, Alloh taolo ularni yomg‘irdan qisib qo‘yadi". Nazzol ibn Sabra aytdilar: Jannat eshigiga uch qator so‘z yozilgan: 1. "Laa ilaha illalloh, Muhammadur-rosululloh". 2. "Ummat gunohkor, Parvardigor kechiruvchi". 3. "Nima amal qilgan bo‘lsak, topdik, bergan bo‘lsak, foyda oldik, nimaiki olib qolgan bo‘lsak, zarar qildik". Aytilishicha, kim besh narsani man’ qilsa, Alloh ham undan besh narsani man’ qiladi. 1. Zakotni bermasa, molining muhofazasini man’ qiladi. 2. Sadaqani man’ qilsa, undan tinchlik-xotirjamlikni man’ qiladi. 3. Ushrni man’ qilsa, yerining barakasini man’ qiladi. 4. Duoni man’ qilsa, undan ijobatni man’ qiladi. 5. Namozga dangasalik qilsa, Alloh undan o‘layotgan vaqtida "laa ilaha illalloh"ni man’ qiladi. Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: "Qaysilaringiz bir dirhamni sog‘ligida va baxilligida infoq qilsa, o‘lim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir". Faqih aytadilar: Otamdan eshitdimki, Iso alayhissalom zamonlarida baxilligi bilan nom chiqargan Mal’un ismli kishi bor edi, bir odam g‘azotga chiqmoqni xohladi va kelib: "Yo Mal’un, menga biron qurolingdan ber, uni olib, g‘azotimda quvvatli bo‘layin, sen esa do‘zaxdan uning savobi bilan qutulib qol", dedi. Undan yuz o‘girib, hech narsa bermadi, haligi kishi ketgandan keyin, Mal’un qilgan ishiga pushaymon yedi, keyin uni chaqirib, qilichini berdi. Haligi kishi yo‘lda Iso alayhissalom bilan yetmish yildan beri ibodat qilib kelayotgan bir kishiga yo‘liqdi. Iso (a.s.) undan bu qilichni qaerdan olganini so‘radilar. Haligi kishi: "Mal’un berdi", dedi. Iso (a.s.) uning qilgan sadaqasiga xursand bo‘ldilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling