Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
189 10. Safda biron kishini qattiq siqib qo‘ymaslik. 11. Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tmaslik. 12. U yerda tupurmaslik. 13. Barmoqlarni qisirlatmaslik. 14. Masjidni bolalardan (ya’ni, u yerga kirib o‘ynashdan) va najosatlardan tozalamoq. 15. Allohning zikrini ko‘paytirmoq va g‘ofil qolmaslik. 432. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Ummatimga bir zamonlar keladi. Ularning so‘zlari masjidlarda dunyo ishlari haqida bo‘ladi. Allohning ularga hojati yo‘qdir. Bas, ular bilan birga o‘tirmanglar". 433. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Bu dunyoda g‘ariblar to‘rttadir: Zolimning ichidagi Qur’on; odam to‘plangan, lekin namoz o‘qilmagan masjid; uyda o‘qilmay turgan Mushaf; yomon qavm ichidagi solih kishi". 434. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo masjidlarni oq tuyalardek to‘playdi. Uning oyoqlari anbardan, bo‘yinlari za’farondan, boshlari muattar hidli mushkdan, yuganlari yashil zabarjaddandir. Uni muazzinlar yetaklab, imomlar haydab boradi. Ular bilan qiyomatning arosatidan chaqmoqdek o‘tadilar. Qiyomatda to‘planganlar: "Ular muqarrab maloikalarmi yoki anbiyolarmi yo rasullarmi?" deb so‘raydi. Ularga nido qilinadi: "Ey qiyomat ahli, ular muqarrab maloikalar ham, anbiyolar ham, rasullar ham emas. Ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari. Ular jamoat namozini mahkam tutishgan", deb". Vahb ibn Munabbah (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Qiyomat kunida masjidlar dur va yoqutlar bilan o‘ralgan kemalarga o‘xshab keltiriladi va ahlini shafoat qiladi". Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Odamlarga shunday bir zamon keladiki, Islomdan ismi qoladi, Qur’ondan surati qoladi, masjidlarni quradilar, ammo unda Allohning zikri bo‘lmaydi. U zamonning yomonlari ulamolaridir, fitna ulardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi". _______________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling