Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

targ‘ib qilmas edi" (Al-haaqqa, 30-34). Bilginki, ey xotin, bo‘ynimizdagi kishanning 
yarmini imon bilan yechdik. Qolgan yermini sadaqa berib tushirmog‘imiz lozim". 
Basralik bir kishi aytadi: "Qo‘yi, moli ko‘p a’robiy bor edi. Ozgina sadaqa qilardi, sadaqa 
qilsa ham, oriq echkini sadaqa qilardi. Bir kuni tushida qo‘ylari uni suzmoqchi bo‘libdi. 
Haligi sadaqa qilgan echki uni himoya eta boshlabdi. Uyg‘onib ketib: "Allohga qasamki, 
agar qodir bo‘lsam, endi ko‘p sadaqa qilaman", dedi. Aytishlaricha, shundan keyin 
haqiqatan ham ko‘p-ko‘p sadaqa qiladigan bo‘libdi". 
451. Adiy ibn Hotim (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Sizlarning har biringiz bilan Alloh, albatta, gaplashadi. O‘ng tomonga qarab, faqat 
sadaqalarini ko‘radi, so‘ng chapga qaraydi. U tomonda ham faqat sadaqalarini ko‘radi, 
so‘ng oldiga qaraydi, do‘zaxni ko‘radi. Do‘zaxdan yarimta xurmo berib bo‘lsa ham 
saqlaninglar". 
Faqih aytadilar: O‘nta xislat bandani yaxshilar martabasiga va oliy darajalarga 
yetkazadi. 
1. Ko‘p sadaqa qilish. 
2. Ko‘p Qur’on o‘qish. 
3. Dunyoni tark etishga da’vat qilib, oxiratni eslatib turadiganlar bilan o‘tirish. 
4. Qarindoshchilikni bog‘lash. 
5. Kasalni borib ko‘rish. 
6. Boyliklari oxiratni eslashga xalaqit beradigan boylar bilan kam aralashish. 
7. Ertaga o‘ziga keladigan kun haqida ko‘p fikrlash. 
8. Orzu-havasni kamaytirish va o‘limni ko‘p zikr qilish. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
9. Jim o‘tirish va kamgap bo‘lish. 
10. Tavozu’, oddiy kiyinish, kambag‘allarni yaxshi ko‘rish va ular bilan aralashib yurish, 
yetimlarga, miskinlarga yaqin bo‘lib, ularning boshini silash. 
Yetti xislat borki, ular sadaqani to‘g‘rilaydi, yuksaltiradi: 
1. Uni haloldan berish, chunki Alloh taolo aytgan: "Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan 
narsalaringizning halol-pokizalaridan infoq-ehson qilinglar" (Baqara, 267). 
2. Uni ozgina moldan ham berish. 
3. Vaqt o‘tib ketishidan qo‘rqib, shoshilib berish. 
4. Baxillikdan qo‘rqib, uni poklamoq, ya’ni, mollarining yaxshirog‘idan berish, yomonidan 
emas. Chunki Alloh taolo aytadi:

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling