Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Ehson qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan past-


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

"Ehson qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan past-
nopoklarini tanlamangiz va bilingiz, albatta, Alloh behojat va hamdu sanoga 
loyiq zotdir" (Baqara, 267). 
5. Riyodan qo‘rqib, uni yashirin berish. 
6. Ajrini yo‘qotishdan qo‘rqib, minnatdan uzoq bo‘lish. 
7. Uning sohibiga gunohdan qo‘rqib, aziyat yetkazmaslik. Chunki Alloh aytadiki:
"Sadaqalaringizni minnat va aziyat bilan botil qilmangizlar" (Baqara, 264). 
____________ 
Sadaqa balolarni daf qilishi haqidagi bob hadislari 
450-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
451-hadis. Muttafaqun alayh.
O‘TTIZ SAKKIZINCHI BOB 
RAMAZON OYI FAZILATLARI 
452. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamdan eshitgan ekanlar: "Jannat yildan yilga ramazon kirishi bilan ziynatlanib, 
yangilanib, o‘zini hozirlaydi. Birinchi kechada arsh ostidan shamol esadi, uni musiyra 
deyishadi. Jannat daraxtlarining barglari shitirlaydi va eshiklarning halqalari taqillaydi. 
So‘ngra bir ovoz eshitiladiki, qulog‘i bor jonzot undan yaxshirog‘ini eshitmagan. So‘ngra 
hurlar ko‘rinish berib, jannat tepasiga chiqadilar. Nido qiladilarki: "Kuyovlar bormi? Alloh 
taolo bizni ularga nikohlasin". Keyin yana deydilar: "Ey Rizvon! (Rizvon – jannatdagi 
farishtaning nomi – tarj.) Bu tun qanday tun?" Ular talbiya aytib javob beradilar: "Ey 
jannat go‘zallarining yaxshilari! Bu kecha ramazon oyining birinchi kechasidir". Alloh 
Rizvonga: "Jannat eshiklarini Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador 
ummatlari uchun och", deb aytadi. So‘ngra Alloh Molikka (u do‘zax farishtasi – tarj.): 
"Ey Molik, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlari uchun do‘zax 
eshiklarini yop", deydi va keyin Jabroilga aytadi: "Ey Jabroil, yerga tushib shaytonning 
sarkashlarini zanjirband qil. Ularni temir bo‘yinbog‘lar bilan bog‘la, keyin dengiz 
to‘lqinlariga uloqtir, toki habibim Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari 
ro‘zalarini buzmasin". Alloh taola ramazon oyining har kechasida uch marta aytadi: 
"So‘rovchilar bormi? Men so‘ragan narsasini beraman. Tavba qiluvchilar bormi? 
Tavbasini qabul qilaman. Gunohlarini kechirishni so‘rovchi bormi? Uning gunohini 
kechiraman" Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "Amallarning mukofotini to‘la-to‘kis qilib 
beruvchi bo‘lgan Zotga qarz beruvchi bormi?" (Ya’ni, amal qiluvchi bormi? Alloh taolo 
uning ajrini mukammal qilib beradi). 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling