Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: U kishi (r.a.) o‘tirganlarida bir xotin keldi. U 
qo‘llarini yengiga yashirib olgan edi. Oyisha onamiz: "Senga nima bo‘ldiki qo‘lingni 
yengingdan chiqarmaysan?" dedilar. Xotin: "So‘ramang", dedi. Oyisha onamiz aytdilar: 
"Menga aytishing kerak". "Ey mo‘minlarning onasi, – dedi xotin, – mening ota-onam bor 
edi. Otam sadaqa qilishni yaxshi ko‘rardilar. Ammo onam aksincha. Bir bo‘lak yog‘ bilan 
yirtiq kiyimni sadaqa qilganlaridan boshqa sadaqa qilganlarini ko‘rmaganman. Ular vafot 
etishdi. Bir kuni tushimda guyoki qiyomat bo‘lgandek edi. Onamni odamlar orasida 
ko‘rdim, o‘sha yirtiq kiyimi avrati ustiga tashlangan, yog‘ esa ikki qo‘llarida edi. Onam 
hansirar va: "Chanqadim", der edi. Otamni havzi kavsar yonida ko‘rdim. U suv 
tarqatardi. O‘zlari suv berib sadaqa qilishni juda yaxshi ko‘rardilar. Bir piyolada suv olib 
onamga ichirdim. Shunda tepadan nido keldi: "Ogoh bo‘linglar, kim bu ayolga suv bersa
qo‘li shol bo‘ladi". Nogoh uyg‘onib ketdim, qarasam qo‘lim shol bo‘lib qolibdi". 
Molik ibn Dinor (r.a.) bir kuni o‘tirganlarida tilanchi tilanib keldi. Uylarida bir savat 
xurmo bor edi. Xotiniga: "Xurmoni keltir", dedilar. Xotini xurmoni olib keldi. Molik uning 
yarmini olib, tilanchiga berib, yarmini xotiniga qaytardilar. Xotini: "Sizga o‘xshaganlarni 
yana zohid deyishadi. Biron kishining podshohga yarimta narsa yuborganini 
ko‘rganmisiz", dedi. Molik tilanchini chaqirib, qolganini ham berdilar. Keyin xotiniga 
yuzlanib dedilar: "Ey xotin, harakat qil, harakat qil! Alloh taolo aytadi:
"Bas, Alloh jahannam ko‘riqchilariga der: "Uni ushlab, kishanlanglar! So‘ngra 
do‘zaxga tashlanglar, so‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib 
bog‘langlar". Bu qattiq azob kimlarga, desa, aytiladi: "Chunki u ulug‘ Allohga 
imon keltirmas va beva-bechoraga taom berishga (o‘zini va boshqalarni) 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling