Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha)
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha)
bilan to‘ldirdik. Bas, Parvardigorining (uning uchun belgilangan) vaqti komil qirq kecha bo‘ldi" (A’rof, 142), degan so‘zi haqida aytdilarki: "U o‘n kecha zulhijjaning avvalgi o‘n kunidir. Alloh Musoga haqiqatda gapirgan, unga najot berib, o‘ziga yaqin qilgan va sahifalar yozgan kunlari ham mana shu ashr kunlaridir". 470. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilindi: "Sizlar zul-hijjaning o‘n kunida ro‘za tutinglar, duolarni ko‘paytiringlar, istig‘for so‘ranglar va sadaqa qilinglar. Chunki men payg‘ambarlaringiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitganman: "Ashr kunlari yaxshilikdan mahrum bo‘lgan kishiga vayl bo‘lsin, xususan, zul-hijjaning to‘qqizinchisida ro‘za tutmog‘laringiz lozim. Chunki unda sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan yaxshiliklar bor". Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr Laysiy dediki: "Bizlarga aytilishicha, Alloh taolo Muso alayhissalomga beshta duoni hadya qildi. Ularni Jabroil alayhissalom ashr kunlari olib keldi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 203 1. "La-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiyt va huva hayyul la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shayin qodir". 2. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ilahan vahidan ahadan somadan lam yattaxiz lahu sohibatan va la-a valada". 3. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ahadan somadan lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad". 4. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-asharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyi va yumiyt va huva hayyul-la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay-in qodir". 5. "Hasbiyallohu va kafa, sami ‘allohu liman da’a laysa varoallohi muntaha". Zikr qilinishicha, bu kalimalar Injilda nozil bo‘lgan. Havoriylar Iso alayhissalomdan bu duolarning fazilatini so‘raganlarida, u zot (a.s.) shunday savob va fazilatlarni gapirdilarki, uni bunday sifatlashga boshqa hech kim qodir emas. Abu Nazr Hoshim ibn Qosim aytadilar: "Bu duolarni ashr kunlari o‘qigan bir kishi menga tushida uyida beshta idishda nur ko‘rganini, bu nurlarning ba’zilari ba’zilaridan balandroq ekanini aytdi". 471. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh nazdida kunlarning ulug‘rog‘i va amallarning afzalrog‘i ashr kunlarida qilingan amallardir. Bu kunlarda takbirni, hamdni va "la-a ilaha illalloh" kalimasini ko‘paytiringlar". Nofe’ Abdulloh ibn Umar (r.a.) haqida rivoyat qilib: "U kishi ashr kunlarida yotoqlarida ham, o‘tirgan joylarida ham takbir aytar edilar", deydi. Ato ibn Abu Raboh ham ashr kunlarida ko‘cha va bozorlarda takbir aytganlar. Yazid ibn Abu Zayyod rivoyat qiladilar: "Said ibn Jubayr va Abdurahmon ibn Abu Laylo, yana ko‘plab musulmon faqihlari iyd kunlari va tashriq kunlari: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd", deb takbir aytar edilar". Ja’far ibn Sulaymon aytadilar: Sobit Banoniy ashr kunlari majlisda barcha so‘zlarni to‘xtatib: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar va lillahil hamd", deb zikr aytar va: "Bu kunlar zikr kunlaridir", der edilar. Ulamolar ham shunday qilishardi. Ja’farning aytishicha, Molik ibn Dinor shunday qilganlar. Mug‘ira ibn Shu’ba Abu Ma’shardan rivoyat qiladilarki: "Ibrohim Naxa’iydan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. U kishi kiyim tikuvchilar ham shunday qilishlarini aytdi". Lays ibn Abu Sulaym aytadilar: "Mujohiddan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. "Tikuvchilar shunday qiladi", dedilar". Faqih aytadilar: Bu kunlarda takbirni ichida aytsa, afzaldir. Agar takbir aytib, ovozini ko‘tarsa, bu bilan shariatni zohir etishni va odamlarga eslatma qilishni xohlasa, zarari yo‘q. Bu to‘g‘rida xabarlar o‘tdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling