Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
201 kelib ahllarini jam qildilar va bizlar bilan namoz o‘qidilar. Biz hatto saharlik o‘tib ketadimi, deb qo‘rqdik". 463. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazonning birinchi kechasida masjidga chiqib, odamlar bilan namoz o‘qidilar. Odamlar tong otgach, bu haqda gapirishdi. Ikkinchi kuni odamlar ko‘payib ketdi. U kishi o‘qidilar, odamlar ham o‘qishdi. Uchinchi kuni odam ko‘payib, masjidga sig‘may qoldi. Keyingi kuni u zot chiqmadilar. Oxirida o‘zlarining namozlari uchun chiqdilar. Bomdodni o‘qib bo‘lganlaridan keyin odamlarga o‘girilib: "Bu kechadagi ishlaringiz meni qo‘rqitgani yo‘q, lekin men kechasi namoz o‘qish sizlarga farz bo‘lib qolishidan qo‘rqdim, agar farz bo‘lib qolsa, unga ojizlik qilasizlar", dedilar. 464. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazonda qoim bo‘lishga targ‘ib qilardilar. Lekin qattiq buyurmas edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tganlaridan keyin Abu Bakr Siddiq (r.a.) xulofatlarida ham shunday bo‘ldi. Umar (r.a.) xulofatlari o‘rtalarida odamlarni jam qilib, ularga Ubay ibn Ka’bni (r.a.) imom qilib qo‘ydilar". 465. Faqih aytadilar: Otam isnodi bilan Ali ibn Abu Tolibning (r.a.) bunday deganlarini menga so‘ylab berdi: "Umar ibn Xattob tarovih namozini o‘qish haqidagi hadisni mendan eshitganlar", dedilar Ali. "U qanday hadis, ey mo‘minlar amiri?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitgan edim: "Allohning arshi atrofida bir joy bor. U haziratul quds deb ataladi. U nurdandir. U yerdagi maloikalarning sonini sanab bo‘lmaydi. Alloh o‘zi biladi. Ular Allohga tinimsiz ibodat qilib turishadi. Ramazon kechalari bo‘lsa, ular Parvardigorlaridan yerga tushishga ruxsat so‘rashadi. So‘ngra odam farzandlari bilan birga namoz o‘qishadi. Ular har kecha tushishadi. Kim ularni ushlasa yoki ular kimni ushlasalar, u odam baxtli bo‘ladi. Keyin hech ham badbaxt bo‘lmaydi. Shundan so‘ng Umar (r.a.): "Bizlar bunga xaqliroqmiz", deb odamlarni tarovih namoziga to‘pladilar va ularga Ubay ibn Ka’bni imom etib tayinladilar". Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi ramazon oyining birinchi kuni chiqqanlarida masjidlarda qiroatni eshitdilar va masjidlardagi qandillarning yashnab turganini ko‘rdilar. Shunda aytdilar: "Ey Alloh, masjidlarni Qur’on nurlari bilan to‘ldirganingdek Umarning qabrini ham nurga to‘ldirgin". Usmon ibn Affondan (r.a.) ham shunday rivoyat bor. Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin. ______________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling