Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ular chodirlarda asralgan hurlardir"
www.ziyouz.com kutubxonasi
200 bo‘yi bo‘lmog‘ini orzu qilardi". Xuzo’a qabilasidan bir kishi: "Ey Allohning elchisi, bu oyda nimalar borligini bizga aytib bering", dedi. Aytdilar: "Jannat ramazon uchun yildan yilga bir marta ziynatlanadi. Birinchi ramazon kechasi arshning tagidan shamol esib, jannat daraxtlarining yaproqlari shitirlaydi. Hurlar unga qarab aytadilarki: "Ey Parvardigor, bu oyda bandalaringga bizlarni nikohla. Bizlar bilan ularning ko‘zlari quvonsin, biz ular bilan ko‘zlarimizni quvontiraylik". Qaysi banda ramazonda ro‘za tutsa, Alloh uni yoqutli chodirda ikki hurga uylantiradi. Alloh ularni: "Ular chodirlarda asralgan hurlardir" (Ar-rahmon, 72), deb sifatlagan. U hurlarning har birida yetmishta bezak bor, u bezaklarning rangi boshqa bezaklarda topilmaydi, yetmish turli xushbo‘y narsalar beriladi. Har bir hurda dur bilan to‘qilgan, yoqutdan bo‘lgan yotoqlari bor va har birining yetmishta xizmatchisi bo‘ladi. Mana shular ramazonda ro‘za tutganlar uchundir. Yaxshiliklariga alohida ajr beriladi". 460. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Rajab ummatimning oyidir, uning boshqa oylardan ortiqligi ummatimning boshqa ummatlardan ortiqligichadir. Sha’bon mening oyimdir, uning boshqa oylardan ortiqligi mening boshqa payg‘ambarlardan ortiqligimcha. Ramazon Allohning oyi, uning boshqa oylardan ortiqligi o‘zining xalqidan ortiqligicha". 461. Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam chiqqanlarida odamlar tortishib turishgan edi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men sizlarga Laylatul-qadrning xabarini bermoqchi edim, lekin sizlarning unga suyanib qolishlaringdan qo‘rqdim. Shoyad bu sizlarga yaxshilik bo‘lsa. Uni oxirgi o‘n kunlikda izlanglar, qolgan to‘qqizida, yettisida, beshida, uchida va oxirgi kunida. Uning belgilari: toza, nurli bo‘ladi, issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Quyosh chiqqanida uning harorati bo‘lmaydi, kim imon keltirib va savob umid qilgan holda qoim tursa, uning oldingi gunohlari kechiriladi". Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kechada qoim bo‘lishning, kunduzi ro‘za tutishning imon keltirgan va savob umid qilgan holda bo‘lishini shart qildilar. Imon – Alloh u uchun va’da qilgan savoblarga ishonish; savob umid etish esa, Allohga yuzlangan holda Unga xushu’ qilishdir. Agar banda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zikr qilgan savoblarga yetmoqni xohlasa, bu oyning hurmatini bilishi lozim, bu oyda tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan, a’zolarini xato va adashishlardan, qalbini musulmonlarga hasaddan, adovatdan saqlamog‘i kerak. Shularni bajargach, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, Allohdan qo‘rqib turmog‘i lozimdir. Bir hakim aytar ekan: "Musibatga uchragan kishiga dunyoda ajr va oxiratda savob bo‘lishining kafolatini berding, agar bu ro‘zani bizlardan qaytarsang, ya’ni, rad qilsang, bu musibatning ajridan ham bizlarni mahrum qilmagin, ey yaxshilik bilan tanilgan Zot!" 462. Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga ro‘za tutdik. Ramazonning yigirma uchinchi kunida Payg‘ambar biz bilan namoz o‘qidilar. Hatto kechaning uchdan biri o‘tdi. Keyin yigirma to‘rtinchi kuni chiqmadilar. Yigirma beshinchi kuni esa, chiqib, to kecha yarim bo‘lguncha namoz o‘qidilar. Shunda biz: "Bu kechaning hammasini nafl qilib yuborsak-chi?" dedik. U zot aytdilarki: "Kim chiqib, imom bilan namoz o‘qisa, keyin imom ketgach ketsa, unga kechasi bilan ibodat qilib chiqqan savobi yoziladi". So‘ng yigirma oltinchida o‘qimadilar. Yigirma yettinchi kuni bo‘lganda, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling