Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
206 o‘nta karomat bilan ikrom qildi: Odamning (a.s.) tavbasini qabul etdi. Idrisni (a.s.) yuqori maqomga ko‘tardi; Nuhning (a.s.) kemasi Juda tog‘iga tushdi; Ibrohim (a.s.) tavallud topdi; Alloh uni o‘ziga do‘st tutdi va unga o‘tdan najot berdi; Dovudning (a.s.) tavbasini qabul qildi; Isoni (a.s.) osmonga ko‘tardi; Musoni (a.s.) dengizdan qutqazdi va Fir’avnni cho‘ktirdi; Yunusni (a.s.) baliqning qornidan chiqardi; Sulaymonga (a.s.) mulkini qaytarib berdi; Payg‘ambar (s.a.v) tavallud topdilar". Ba’zilar bunday deydi: "Ashuro deb nomlanishi Alloh taolo bu ummatni o‘nta karomat bilan ikrom qilgani sabablidir. 1. Rajab oyi. U Allohning oyi, unda urush qilinmaydi. Uni ummat uchun karomat qilib berdi. Uning boshqa oylardan ortiqligi bu ummatning boshqa ummatdan ortiqligi kabi. 2. Sha’bon oyi. Boshqa oylardan ustunligi Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam boshqa payg‘ambarlardan ustunligi kabi. 3. Ramazon oyi. Uning boshqa oylardan ortiqligi Alloh taoloning o‘zi yaratgan xalqdan ortiqligi kabidir. 4. Laylatul qadr. U ming oydan yaxshi. 5. Fitr kuni (Ramazon hayiti). U mukofot kuni. 6. Ashr kunlari. Ular Allohni zikr qilish kunlari. 7. Arafa kuni. U kunning ro‘zasi ikki yilga kafforatdir. 8. Qurbonlik kuni. U – Allohga yaqinlik kuni. 9. Jum’a kuni. U – kunlarning sayyidi. 10. Ashuro kuni. Uning ro‘zasi bir yilga kafforat. Bu kunlarning hammasida o‘ziga xos karomatlari bordir. Alloh taolo ummatga bu kunlarni gunohlariga kafforat bo‘lishi, xatolardan tozalanishi uchun berdi". 478. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Johiliyatda ashuro kunida qurayshiylar ro‘za tutardi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Makkada ekanida tutardilar. Madinaga kelganlaridan keyin Alloh taolo ramazon oyi ro‘zasini farz qildi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men ashuro kuni ro‘za tutishga buyurilgan edim, endi kim xohlasa, ro‘za tutsin, kim xohlasa, tark qilsin". Oyisha onamiz ashuro kunini to‘qqizinchi kun, deganlar. Ba’zilar o‘n birinchi kuni, deydi. Ko‘pchilik ashuro kunini o‘ninchi kun, deb aytgan. Alloh bilguvchiroqdir. _____________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling