Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
513. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch kishiga ajri ikki barobar 
qilib beriladi: Joriyasi bo‘lib, unga chiroyli tarbiya bergan, so‘ng ozod qilib, unga 
uylangan kishiga ikkita ajr; ahli kitobdan bo‘lib, o‘zining payg‘ambariga imon keltirgan, 
so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetishib, u zotga ham imon keltirgan kishiga 
ikkita ajr; Alloh taoloning haqqini va egasining haqqini ado etgan qulga ikkita ajr". 
Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishidan: "Xo‘jayin qulini bir narsaga yuborsa 
va namoz vaqti bo‘lib qolsa, qaysi birini bajaradi?" deb so‘rashdi. "Xo‘jayinining hojatini 
qiladi", deb javob berdilar. 
Faqih (r.a.) aytadilar: Ya’ni, agar hali vaqti bo‘lsa, namozning o‘tib ketishidan 
qo‘rqmasa. Ammo namoz o‘tib ketishidan qo‘rqsa, namozni kechiktirmog‘i joiz emas. 
Chunki: 
514. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Allohga gunoh bo‘ladigan ishda maxluqqa 
itoat yo‘q", deb aytganlar. 
Kishi quli bilan yaxshi muomala qilishi chiroyli sanalgandir. Unga toqati yetmaydigan 
ishni yuklamaydi, chunki Alloh taolo bandalariga toqatlari yetmaydigan ishni taklif 
etmadi. U bilan chiroyli muomala qilmog‘i lozim, chunki chiroyli muomala mo‘minlarning 
axloqidir. 
515. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir bo‘lak nonni ko‘rib, 
xizmatkoriga: "Uni ol, undan aziyatni ketkiz", dedilar. Kechqurun bo‘lgach, og‘iz 
ochmoqni iroda qildilar va xizmatkorlaridan: "Siniq nonni nima qilding?" deb so‘radilar. 
"Uni yeb qo‘ydim", dedi. Shunda u zot: "Bor, sen ozodsan, men Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallamning: "Kim ushatilgan non topsa va uni olib yesa, qorniga yetmasdan, 
Alloh uni kechiradi", deganlarini eshitganman. Men Alloh gunohini kechirgan kishini 
qulim deyishni yomon ko‘raman", dedilar. 
_____________ 
Qo‘l ostidagilarning rioyasi haqidagi bob hadislari 
502-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan. 
503-hadis. Muttafaqun alayh. 
504-hadis. Zaif. Ahmad ibn Mojja rivoyat qilgan. 
505-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
506-hadis. Sahih. “Sahihul jome’”ga qarang. 
507-hadis. Muttafaqun alayh. 
508-hadis. Haysamiy uning sanadini yaxshi degan. 
509-hadis. Avvali sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
510-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 
511-hadis. Juda zaif. “Az-zaifaga”qarang. 
512-hadis. Zaif. “Az-zaifaga” qarang. 
513-hadis. Abdurazzoq “Al-jome’”da keltirgan. 
514-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Bazzor rivoyat qilgan. 
515-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’at”ga qarang. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling