Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari
- QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
217 bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi". 528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman". ____________ Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari 516-hadis. Juda zaif. 517-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang. 518-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang. 519-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan. 520-hadis. Zaif. Buxoriy “Adabul-mufrad”da rivoyat qilgan. 521-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 522-hadis. Zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 523-hadis. Zaif. Ibn Adiy rivoyat qilgan. 524-hadis. Muttafaqun alayh. 525-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 526-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 527-hadis. Zaif. 528-hadis. Zaif. 523-hadisning izohiga qarang. QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA 529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi – u ilmliroq edi – aytdi: "Ha, Allohning rasuli, o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar. "O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, – dedi u, – uning xotini bilan zino qilib qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman. Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak, zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni) botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir. Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa, qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling