Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 505. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi: "Xizmatchilarimizni qancha kechiraylik?" deb so‘radi. "Har kuni yetmish marta", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam. 506. Qatoda (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘lim oldidagi oxirgi kalomlari bunday bo‘ldi: "Namoz va qo‘l ostingizdagi qullaringiz", ya’ni, besh vaqt namozni saqlanglar va qo‘l ostingizdagi xizmatchilaringizga yaxshi muomalada bo‘linglar, dedilar". 507. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Bir ayol o‘zining mushugi sababli do‘zaxga kirdi. U uni uyga qamab qo‘ydi, ovqatlantirmadi, sug‘ormadi, qo‘yib ham yubormadi. Mushuk o‘lgunicha yerdagi narsalardan yedi, keyin o‘ldi". 508. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qoq tushda bog‘lab qo‘yilgan tuyaning oldidan o‘tdilar. Ishlarini bajarib qaytayotganlarida tuyani hamon o‘sha holatda turganini ko‘rdilar. Uning egasini chaqirib: "Sen bu tuyaga bugun o‘t berdingmi?" dedilar. "Yo‘q", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunda: "U qiyomat kunida sen bilan hujjat talashadi", dedilar". Ya’ni, qiyomat kuni Alloh taologa ustingdan shikoyat qiladi. 509. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) rivoyat qilardi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xutbalarida: "Ey odamlar, Allohdan qo‘rqinglar! Qo‘l ostingizdagi xizmatkorlaringizga yeydigan narsalaringizdan yediringlar, kiygan narsalaringizdan kiydiringlar. Ularga toqatlari ko‘tarmaydigan ishlarni yuklamanglar", dedilar. 510. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qullaringiz... qullaringiz... ularga o‘zingiz yeydigan ovqatdan beringlar, kiyadigan narsalaringizdan kiydiringlar. Agar gunoh qilsalar, kechiringlar, agar kechirishni xohlamasanglar, sotib yuboringlar, Allohning yaratganini azoblamanglar". "Qullaringiz" deganlari ularga e’tibor beringlar, izzat ko‘rsatinglar, ma’nosida. 511. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar birontangiz xodimini urayotganda, u Allohni zikr qilsa, urishdan tiyilinglar", deganlar. 512. Yana bir hadislarida aytadilar: "Qo‘l ostidagi xodimga yaxshilik qilish – baxtiyorlik, uni qiyinchilikka solish badbaxtlikdir". Rivoyat. Hazrati Ali (r.a.) g‘ulomlarini bir, ikki, uch marta chaqirdilar. U javob bermadi. Uning oldiga borib: "Ey g‘ulom, eshitmadingmi?" dedilar. Fulom: "Eshitdim", dedi. Ali: "Javob berishingga nima to‘sqinlik qildi?" dedilar. Xodim: "Sizni jazolamasligingizni bilib dangasalik qildim", dedi. Shunda Ali (r.a.): "Bor, Alloh yo‘lida sen ozodsan", dedilar. Rivoyat. Usmon (r.a.) gunohi uchun xodimining qulog‘idan tortdilar. So‘ng bu ishlariga pushaymon bo‘lib, xodimlariga: "Tur-da, mening qulog‘imni kuching boricha tort, shoyad Alloh taolo meni kechirsa", dedilar. Xodim u kishiga aytdiki: "Ey xo‘jayin, men ham siz qo‘rqandek qiyomat Egasidan qo‘rqaman, sizdan buni kechdim, shoyad Alloh fazli bilan meni ham kechirsa". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling