Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
QIRQ IKKINCHI BOB
AHLI AYOLGA NAFAQA QILISH 488. Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh) Ayyubdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalari bir uyda o‘tirishgan edi. Shunda bir kishi ko‘rindi. U kishining yigitlik quvvati hammalarini lol qoldirdi. Ular: "Qani endi bu yigit yigitligini va quvvatini Alloh yo‘lida ishlatganida", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu gapni eshitib aytdilar: "Sizlar faqat urush va g‘azotni Alloh yo‘lidagi ish deb tushunasizlarmi? Kim nafsini poklash uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim ota-onasining iffat-izzati uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim oilasining iffatini saqlash uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim kibrlangan holda harakat qilsa, bunisi shaytonning yo‘lidagi ishdir". 489. Faqih Savbondan (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Dinorning afzali Alloh yo‘lida ot-uloviga va Alloh yo‘lida tutingan do‘stlariga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 210 sarf qilganidir". Abu Qaloba: "Oiladan boshlanadi", deydilar, ya’ni, oilasi uchun harakat qiluvchi kishining ajri boshqadan afzalroqdir. 490. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Haqiqatda sadaqa boylik orqasidan (ya’ni, oilasidan ortganidan) qilinadi. Tepadagi qo‘l (beruvchi) pastdagi (oluvchi) qo‘ldan yaxshidir. Sadaqani o‘z oilangdan boshla". 491. Sobit Banoniy Anas ibn Molik oldilarida edi. Shunda Anas (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning aytgan gaplarini esladilar. "Alloh taolo bandaning uch holatda olgan qarziga kafil bo‘ladi: Bittasi – gunohga tushib qolishda qo‘rqib, uylanishlik uchun qarz olgan bo‘lsa, so‘ng shu qarzi to‘lay olmay, vafot etsa, Alloh taolo uning qarzini qiyomat kuni ado etishga kafil bo‘ladi. Ikkinchisi – qarzni musulmonlarga yordam berish uchun, g‘azotga chiqish uchun olgan bo‘lsa, uchinchisi – o‘likni ko‘mish uchun qarz olgan bo‘lsa. Alloh taolo ularning qiyomat kunidagi da’vogarlarini rozi qiladi". Sobit Banoniy (r.a.) Hasan Basriyning (r.a.) oldilariga kirdilar U kishi Anasdan (r.a.) eshitganlarini aytgan edi, Hasan Basriy shunday dedilar: "Hazrati Anas yoshi ketib, zaiflashib, bundan ham afzalrog‘ini unutibdi. Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz so‘rab, keyin uni uzishga harakat qilib, shu qarz bilan vafot etsa, Alloh taolo uning da’vogarlarini rozi qiladi". 492. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Osmonda ikki farishta bor, ular bittasining: "Ey Parvardigor, infoq qiluvchiga bergan narsasining o‘rnini to‘ldir", ikkinchisining: "Ey Parvardigor, mumsikning (baxilning) moliga talofot ber", deyishdan boshqa ishi yo‘q". 493. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat etadilar: "Kim tilanchilik qilmasdan, halol holda, oilasi uchun harakat qilib, qo‘shnisiga shafqat ko‘rsatib, talab etsa, qiyomat kunida uning yuzi badr kechasidagi oydek bo‘lib keladi. Kim dunyoni haloldan talab qilsa, ammo faxrlanuvchi, kibrlanuvchi va riyokor bo‘lsa, u qiyomat kunida Alloh g‘azab qilgan holida yo‘liqadi". 494. Faqih aytadilar: Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Men Rasulullohga: "Ey Allohning elchisi, bitta non sadaqa qilishim yaxshiroqmi yoki yuz rak’at nafl namoz o‘qishim?" dedim. "Men uchun yuz rak’at nafl namoz o‘qimoqdan ko‘ra bitta non sadaqa qilmoq yaxshidir", dedilar u zot. "Ey Allohning elchisi, – dedim yana, – muslimning hojatini chiqarish yaxshiroqmi siz uchun yoki ikki yuz rak’at nafl namoz o‘qishimmi?" "Menga musulmonning hojatini qondirish ming rak’at namozdan ham yaxshiroqdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, siz uchun harom bir luqmani tashlash yaxshiroqmi yoki ming rak’at nafl namozmi?" deb so‘radim. "Harom luqmani tark qilish men uchun ikki ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", dedilar. "Ey Allohning elchisi, – deb so‘radim keyin, – siz uchun g‘iybatni tashlash yaxshiroqmi yoki ikki ming rak’at nafl namoz o‘qimoqmi?" "Fiybatni tark etish menga o‘n ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", deb javob qildilar. "Ey Allohning elchisi, miskin beva xotinning hojatini chiqarish yaxshiroqmi yoki o‘n ming rak’at nafl namozmi?" dedim. "Beva xotinni hojatini chiqarish, – dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam, – menga o‘ttiz ming rak’at nafl namozdan yaxshi". "Oila a’zolari bilan birga o‘tirmoq afzalmi yoki masjidda o‘tirmoqmi?" deb savol qildim. U zot: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling