Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Sadaqaning fazilati bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Sadaqaning fazilati bobi hadislari
435-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 436-hadis. Juda zaif. 437-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 438-hadis. Juda zaif. Termiziy, Ibn Mojja, Uqayliy rivoyat qilgan. “Az-zaifa”ga qarang. 439-hadis. Zaif. Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 440-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”da rivoyat qilgan. 441-hadis. Sanadida uzilish bor. “Tarixul kabir”ga qarang. 442-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 443-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan. 444-hadis. Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 435-hadisning izohiga qarang. 445-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan. 446-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 447-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy hasan sahih degan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 195 448-hadis. Hasan. “Sahihul jome’”ga qarang. 449-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan. O‘TTIZ YETTINCHI BOB SADAQA BALOLARNI DAF QILISHI HAQIDA Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abul Farj Azdiy rivoyat qiladi: "Iso ibn Maryam alayhumassalom bir qishloqdan o‘tdilar. Bu qishloqda kir yuvuvchi kishi bor edi. Qishloq ahli: "Ey Iso, kir yuvuvchi kiyimlarimizni yirtadi va ko‘p vaqt ushlab qoladi. Uni duoibad qiling, Alloh uni kiyim yuvishdan salomat qaytarmasin", dedi. Iso alayhissalom: "Ey Parvardigor, uni kiyim to‘plab yuvadigan joyidan salomat qaytarmagin", deb duo qildilar. So‘ngra kir yuvuvchi kiyimlarni yuvib, ularni bo‘yash uchun ketdi. U o‘zi bilan uch dona non olgan edi. Tog‘da ibodat qiluvchi bir obid kishi kir yuvuvchiga salom berib: "Meni ovqatlantiradigan noning bormi, falon-falon kundan beri ovqat yemayapman, hech bo‘lmasa, bir ko‘ray yoki hidini hidlay", dedi. Kir yuvuvchi unga bitta nonini berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, Alloh sening gunohingni kechirsin, qalbingni poklasin", dedi. Bu so‘zidan keyin ikkinchi nonini berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, Alloh sening oldingi va keyingi gunohlaringni kechirsin", dedi. So‘ngra uchinchi nonini ham berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, senga Alloh jannatdan bir uy bino qilsin", dedi. Kir yuvuvchi kechqurun uyiga salomat qaytdi. Qishloq ahli aytdilarki: "Ey Iso, kiyim yuvuvchi qaytib keldi-ku?" Iso aytdilar: "Menga uni chaqirib kelinglar". U huzurlariga kelganidan keyin: "Ey kir yuvuvchi, bugun nima ish qilganingni ayt", dedilar. U aytdiki: "Anovi tog‘da yo‘lovchilardan biri kelib, mendan taom so‘radi. Uch dona nonim bor edi. Har birini berganimda shu-shu so‘zlar bilan duo qildi". Iso (a.s.): "Ey kiyim yuvuvchi, xaltangni keltirgin, men bir uning ichiga qaray-chi", dedilar. U kishi xaltani ochib ko‘rsalar, og‘ziga temir urilgan qop-qora ilon yotardi. Iso alayhissalom aytdilar: "Ey qora ilon, sen bu kishiga yuborilmagandingmi?" Ilon: "Ha, – dedi, – lekin bir yo‘lovchi tog‘dan tushib, undan ovqat so‘radi. Har bir non berganda uni duo qildi. Uning oldida bir farishta, omin, deb turdi. So‘ng Alloh bir farishtani yubordi, u meni temir bilan yuganlab tashladi". Iso alayhissalom aytdilar: "Ey kir yuvuvchi, amalingni qaytadan boshla, Alloh taolo sadaqangni barakotidan gunohlaringni kechirdi". Solim ibn Abu Ja’d aytadilar: "Bir xotin bolasi bilan ketayotgan edi, bo‘ri bolasini olib qochdi. Xotin bo‘rining orqasidan ketayotib, bitta nonini taom so‘ragan gadoga berdi. Shunda bo‘ri qaytib kelib, bolasini unga topshirdi. Foyibdan ovoz keldi: "Bir luqmaga bir luqma". Mug‘ays ibn Sumo aytadilar: "Bani isroillik bir rohib oltmish yil tog‘dagi chaylada ibodat qilgan ekan. Bir kuni osmon gumbaziga qarabdi, shunda uni yer qiziqtirib qolibdi. "Yerga tushsam, undagi narsalarga qarasam", debdi va o‘zi bilan non olib tushibdi, yo‘lda unga bir xotin yo‘liqibdi, unga fitnalanib, nafsini ushlay olmay, unga qo‘shilib qo‘yibdi. Shu holda ajali yetibdi. Bir tilanchi kelib non so‘rabdi, unga nonini beribdi, so‘ngra o‘libdi. Uni oltmish yillik ibodati torozining bir pallasiga va xatolari torozini ikkinchi pallasiga qo‘yilibdi. Xatolari oltmish yillik ibodatidan og‘ir kelibdi, keyin sadaqa qilgan nonni keltirishibdi. Amallari bilan birga toroziga qo‘yilganda, xatolaridan og‘ir chiqibdi. Shunda, sadaqa yomonlikning yetmish eshigini yopadi, degan ekanlar. 450. Qatoda aytadilar: "Bizga, sadaqa suv o‘tni o‘chirgandek, xatolarni o‘chiradi", deb aytildi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling