Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
192 Keyin Mal’un eshigi oldida o‘tirgan edi, Iso (a.s.) obid bilan uning oldidan o‘tdilar. Ma’lun ham o‘zicha, Isoning va obidning yuziga qarasam, deb turgan edi. Shunda o‘rnidan turdi va ikkovlarining yuziga qaradi. Obid, olovi meni kuydirmasidan oldin Ma’lundan qochay, dedi. Alloh taolo Iso (a.s.)ga vahiy qildi: "Ey Iso, bu gunohkor bandamga ayt, sadaqa qilgan qilichi uchun uning gunohlarini kechirdim va bu obidga ham ayt, men uni u bilan jannatda yo‘ldosh qilib qo‘yaman". Obid aytdi: "Allohga qasamki, men u bilan jannatda turishni xohlamayman, yo‘ldosh bo‘lishni ham xohlamayman". Alloh Iso (a.s.)ga vahiy qildi: "Bu bandamga ayt, u Mening qazoi qadarimga rozi bo‘lmadi va bandamni kamsitdi, Men uni do‘zax ahlidan qilib, Mal’unning holatiga qo‘ydim va jannatdagi joyini uning do‘zaxdagi joyi bilan almashtirdim, uning jannatdagi joyini bu bandamga berdim va uning do‘zaxdagi joyini unga berdim". 444. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Osmon eshigidan bir farishta nido qilib aytadi: "Kim bugun qarz bersa, ertaga mukofotini oladi". Boshqa farishta nido qilib: "Ey odam bolalari, o‘lish uchun tug‘ilaveringlar, xarob bo‘lish uchun quraveringlar", deydi". 445. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Ey Allohning rasuli, siz dunyodan o‘tgandan keyin bizga yerning usti yaxshimi yoki ostimi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar boshliqlaringiz yaxshilaringiz, boylaringiz saxiylaringiz bo‘lsa, ishlaringiz maslahat bilan qilinsa, sizlarga yerning ostidan usti yaxshidir. Agar boshliqlaringiz yomonlaringiz, boylaringiz baxillaringiz bo‘lsa, ishlaringiz ayollaringizga qolsa, sizlarga yerning ustidan osti yaxshidir". Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem bo‘lmasin yoki qaroqchilar qo‘liga tushmasin desang, sadaqa qil". 446. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim zakot bersa, mehmon kutsa, omonatni ado qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi". Faqih aytadilar: Ozmi-ko‘pmi, doim sadaqa qilib turing, chunki sadaqada o‘nta xislat maqtalgan. Beshtasi dunyoda, beshtasi oxiratda. Dunyodagi beshtasi quyidagilar: 1. Sadaqa qilishda molni poklashlik bor. 447. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: "Ogoh bo‘linglar. Savdoda bema’ni so‘z, qasam va yolg‘on bo‘lib turadi. Shuning uchun unga sadaqani ham qo‘shinglar". 2. Sadaqada badanni gunohlardan poklashlik bor. Alloh taolo aytadi: "(Ey Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling