Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
259 berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga berilgan narsada tadbir yo‘qdir. 647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning kalitidir", deyilgan. Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til, hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir". 648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot. 649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi. "Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.). _____________ "La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari 632-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 633-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. 634-hadis. Juda zaif. “Al-mezon”ga qarang. 635-hadis. Juda zaif. Abu Na’im “Sifatul-junna”da keltirgan. 636-hadis. Sahih. Imom Buxoriy rivoyat qilgan. 637-hadis. Sanadi topilmadi. 638-hadis. Avvalgi jumlasi sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 639-hadis. Zaif. Abu Na’im “Al-hulya”da keltirgan. 640-hadis. Ibn Javziy shunga o‘xshagan hadisni “Mavzu’ot”ga kiritgan. 641-hadis. Botil. Daylamiy rivoyat qilgan. 642-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 643-hadis. “Kanzul ‘ummol”da keltirilgan. 644-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 645-hadis. Zaif. Abd ibn Hamid rivoyat qilgan. Oxiri sahih. Muslim rivoyat qilgan. 646-hadis. Sahih. 642-hadisning izohiga qarang. 647-hadis. Zaif. 648-hadis. Sanadida bir zaiflik bor. Ahmad rivoyat qilgan. 649-hadis. Sahih marfu’. Ibn Mojja rivoyati. Hokim sahih sanagan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling