Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi"
www.ziyouz.com kutubxonasi
261 Qur’onni ko‘targan kishi yig‘laydigan, mahzun, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Zulm qilishi, g‘ofil bo‘lishi, baqirishi va qattiq qo‘l bo‘lishi joiz emas. 656. Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch narsa dunyoda g‘aribdir: Zolimning ichidagi Qur’on, yomon qavm ichidagi yaxshi kishi, uyda o‘qilmay turgan Mushaf". Muhammad ibn Ka’b Qarziy: "Kim Qur’onni o‘qisa, guyoki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘ribdi", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar: "Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi" (An’om, 19). 657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi. 658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa, o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi". 659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod olgan qorining". 660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni, Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi". So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi". Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling