Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa –
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qur’on fazilatlari bobi hadislari
"(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa –
gunoh sababli (etur) va yana ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur" (Sho‘ro, 30), oyatini o‘qidilar. Qaysi musibat Qur’onni unutishdan kattaroq ekan?!" 666. Faqih aytadilar: Hasan ibn Ziyoddan Abu Hanifaning (r.a.) bunday deganlarini eshitdim: "Kim Qur’onni yilda ikki marta o‘qib chiqsa, uning haqqini ado etgan bo‘ladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni Jabroil alayhissalomga har yili bir marta o‘qib o‘tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o‘qib berganlar". ____________ Qur’on fazilatlari bobi hadislari 650-hadis. Sahih. Tabaroniy, Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 651-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 652-hadis. Isnodi yaxshi. “As-sahiha”ga qarang. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 263 653-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 654-hadis. Mavzu’. Ibn Hibbon “Majruhun”da rivoyat qilgan. 655-hadis. Hasan marfu’. Hokim sahih sanagan. 656-hadis. Mavzu’. “Az-zaifa”ga qarang. 657-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 658-hadis. “Kanzul ‘ummol”ga qarang. Daylamiy rivoyat qilgan. 659-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 660-hadis. Sahih. Ahmad, Dorimiy rivoyat qilgan. 661-hadis. Muttafaqun alayh. 662-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 663-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 664-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga kiritilgan. 665-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 666-hadis. Sahih. “Sahihul Buxoriy”ga qarang. ELLIK YETTINCHI BOB ILM TALAB QILISH FAZILATI 667. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Kasir ibn Qays rivoyat qildilar: "Abu Dardo (r.a.) bilan Damashqdagi masjidda birga o‘tirgan edim. Bir kishi kelib: "Ey Abu Dardo, men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaharlaridan siz Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan bir hadisni so‘rash uchun keldim", dedi. Abu Dardo: "Tijorat uchun emas, ehtiyoj uchun emas, faqat shu uchun keldingmi?" dedilar. Haligi kishi: "Faqat mana shu ish uchun keldim", dedi. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitdimki, "Kim ilm talab qilinadigan yo‘lni tutsa, Alloh taolo unga jannat yo‘llaridan bir yo‘lni yengil qilib qo‘yadi va Allohning maloikalari tolibi ilm uchun qanotlarini uning qilayotgan ishidan rozi bo‘lib qo‘yadilar, olim uchun osmon va yerdagi hamma narsalar, suvdagi baliqlargacha istig‘for so‘raydilar. Olimning obiddan afzalligi badr (to‘lin oy) kechasidagi oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor-dirham meros qoldirmadilar. Ilm-ni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, katta nasiba olibdi", deganlar u zot sollallohu alayhi vasallam". 668. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilarki: "Ikki ochko‘z hech to‘ymaydi: Tolibi ilm va dunyoni talab qiluvchi. Ular barobar emaslar. Ilm tolibi Alloh roziligini ziyoda qilaveradi, ammo dunyo tolibi tug‘yonda ziyoda bo‘laveradi". So‘ng ushbu oyatlarni o‘qidilar: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling