Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
364
7. Toatlarda jiddu jahd qilish va Allohdan qo‘rqish. Bu haqda Alloh taolo aytadi:
“Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umid bilan duo-iltijo eturlar va Biz ularga
rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar” (Sajda, 16-oyat).
Har bir inson oqibatidan qo‘rqishi, yig‘lashi shunga ko‘ra amal qilishi lozim. Zero,
qiyomat kunidagi ish og‘irdir.
Rivoyat qilishlaricha, Iso alayhissalom bir qishloqdan o‘tdilar. U yerda bir tog‘ bor edi.
Tog‘dan yig‘i va ingroq eshitilardi. Iso alayhissalom qishloq ahlidan: “Bu tog‘dagi nima
yig‘i?” deb so‘radilar. “Ey Iso, biz bu qishloqda turganimizdan beri shu yig‘ini va tog‘ning
ingrashini eshitamiz”, deyishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Bu yig‘i, bu ingrashlar
to‘g‘risida xabar ber, ey tog‘”. Tog‘ aytdi: ”Ey Iso, men shunday tog‘manki, toshlarimdan
sanamlar yasab, ularga ibodat qilishadi. Alloh taolo bu bilan meni do‘zaxga
tashlamog‘idan qo‘rqaman. Allohning:
“Odamlar va toshlardan o‘tini bo‘lgan,
kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing”(Baqara, 24-oyat),
degan
so‘zini eshitganman. O‘sha kunda do‘zaxga tashlanadigan toshlardan bo‘lib qolishdan
qo‘rqaman”. Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qildi: “Toqqa ayt, turaversin,
Men uni
jahannamdan ozod qildim”.
Tog‘u toshlar og‘irligi, kattaligiga qaramasdan, Allohdan qo‘rqishadi.
Qanday qilib zaif,
kuchsiz, miskin odam farzandi do‘zaxdan qo‘rqmaydi, undan panoh tilamaydi. Ey odam
farzandi, undan ehtiyot bo‘l. Undan ehtiyot bo‘lish esa, gunohlardan saqlanish bilan
bo‘ladi. Albatta, gunohlar Alloh taoloning g‘azabini va azobini keltiradi.
Allohning azobini
ko‘tarishga esa, toqat qilolmaysan.
950. Anas ibn Molikdan (r.a) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: ”Allohning:
Do'stlaringiz bilan baham: