Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik –savoblariga aylantirib qo‘yur


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik –savoblariga aylantirib qo‘yur. 
Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir” (Furqon, 70), ya’ni tavbasidan oldingi qilganlarini 
kechirguvchi, tavbadan keyin ularga rahm qilguvchi zotdir. 
Biling, ey birodar, kufrdan ulug‘roq gunoh yo‘q. Alloh taolo aytdi: 
“(Ey, Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan) 
to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur” (Anfol, 38). 
Endi kufrdan boshqalarini qo‘yavering! 
134. Hasan Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi. U zot aytdilarki: “Agar sizlardan 
birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha gunoh qilsa, keyin tavba qilsa, Alloh 
uning tavbasini qabul etadi”. 
135. Yazid Raqqoshiy aytadi: “Bizga Rasulullohning minbarlaridan turib Abu Hurayra 
xutba o‘qidi”. Xutbada aytdi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, aytdilarki: “Odam Alloh 
uchun basharning eng hurmatlisidir. Alloh taolo qiyomat kunida unga uchta uzrini 
aytadi: “Ey odam! Men yolg‘onchilarni la’natlamaganimda va yolg‘onni yomon 
ko‘rmaganimda, albatta butun zurriyotingga rahm qilardim, lekin: 
“Men tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir. Men jahannamni (kofir) jin va 
(dinsiz) odamlarning barchasi bilan o‘ldirurman!” (Sajda, 13). 
Va unga aytadi: “Ey Odam! Men sening zurriyotingdan hech kimni do‘zaxga 
kirgizmayman. Do‘zax bilan azoblamayman. Men o‘z ilmim bilan bildimki, zurriyotingdan 
bir toifani agar dunyoga qaytarsam, albatta u dunyoda yomon ishlarga qaytadi. Keyin bu 
ishdan qaytmaydi, tavba ham qilmaydi, ana shularnigina do‘zaxga kirgizaman. Ey 
Odam! Men seni o‘zim va zurriyoting o‘rtasida hakam qildim, tarozuning oldiga tur va 
ularning amallaridan senga nima yetishini ko‘r. Kimga bir misqol yaxshilik og‘ir kelsa, 
unga jannatdir, hattoki, Men do‘zaxga faqatgina zolimlarni kirgizishimni bilgaysan”. 
136. Oyisha rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yozilgan gunohlar uchtadir: 
Alloh kechiradi; Alloh kechirmaydi; Alloh u narsadan hech narsaga teginmaydi”. 
Alloh kechirmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Alloh aytadi: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling