Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur. Bu quloq
“Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan
mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110). Har bir mo‘min-musulmon kishi Alloh taologa kechayu kunduz tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. Mujohid aytdi: “Kim kechasi bo‘lganda va kunduzi bo‘lganda tavba qilmasa, u zolimlardan bo‘libdi. Banda uchun Alloh taologa hamma vaqt tavba va besh vaqt namozlarida ijtihod qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo besh vaqt namozni bandalarining gunohlarini poklaguvchi qildi, katta gunohlardan boshqalarini”. 131. Alqama rivoyat qildi: Abdulloh ibn Mas’ud aytdi: “Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: “Yo Rasulalloh, bog‘da bir xotinga duch keldim, uni quchoqlab, o‘pdim, boshqa ishlarni ham qildim. Faqat jimo’ qilmadim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) bir soat jim qoldilar, so‘ngra bu oyat tushdi: “Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir!” (Hud, 114). Ya’ni, kunduzning ikki vaqtida Alloh taolo uchun namoz o‘qing, u bomdod, peshin, asr namozlaridir. Kechaning bir bo‘lagi, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 ya’ni shom va xufton namozlarini Alloh taolo uchun o‘qing. “Albatta yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur”, ya’ni besh vaqt namoz bu oradagi gunohlarga, agar katta gunohlar bo‘lmasa, kafforat bo‘ladi. Ana shular tavba qilguvchilar uchun tavbadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kishini chaqirdilar va bu oyatni o‘qib berdilar. Hazrati Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, so‘radi: “Yo Rasulalloh, bu oyat asosan u uchunmi yoki hamma insonlar uchunmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Odamlarning hammasi uchundir”. 132. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi. Ikkovi u bandaning amallarini yozadi, o‘ng tomon sohibi Amin chap tomon sohibidan ustundir. Agar banda bir yomon ishni qilsa, chap tomon farishtasi undan: “Yozaymi?” deb so‘raydi. O‘ng tomon farishtasi: “Beshta gunoh qilgunicha to‘xtab turgin”, derkan. Vaqtiki beshta gunoh qilsa, chap tomon sohibi: “Yozaymi?” deb so‘raydi, o‘ng tomon sohibi: “Bitta yaxshilik qilgunicha to‘xtab turgin”, deydi. Vaqtiki bitta yaxshilik qilsa, o‘ng tomon sohibi aytadi: “Albatta, bizga xabar keldiki, bitta yaxshilikka o‘nta yaxshilik yoziladi, kelgin, beshtasini beshta yaxshilik bilan o‘chiramiz va qolgan beshta yaxshiligini yaxshiliklariga qo‘shib yozamiz”. Shu paytda shayton qichqirib aytadi: “Qachon Odam farzandiga yetaman”. 133. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilaridan chiqdim. Bir payt yo‘l ustida turgan, yuzini o‘ragan bir xotinni ko‘rdim. Aytdi: “Ey Abu Hurayra, men katta gunoh qildim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” “Nima gunoh qilding?”, deb so‘radim. “Men zino qildim va zinodan bo‘lgan bolani o‘ldirdim”. Unga: “Halok bo‘libsan, halok qilibsan! Allohga qasamki, senga tavba yo‘q”, dedim. “U qattiq qichqirib, hushidan ketdi, men ketdim. Keyin o‘zimga o‘zim aytdimki, Rasululloh (s.a.v.) oramizda tursalar-u, men fatvo beraymi? Tongni ottirib ertalab Rasulallohning (s.a.v.) oldilariga kirdim. “Yo Rasulalloh, bir xotin mendan kecha falon-falon fatvoni so‘radi, men shunday-shunday, deb fatvo berdim”. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Bizlar Allohnikimiz, albatta, Allohga qaytguvchimiz, sen, Allohga qasamki, ey Abu Hurayra, halok bo‘libsan va halok qilibsan! Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling