Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
191
borib, gaplashadi. Solihabibi minnat qiladigan odamlardan emas. Innaykeyin, tug‘ishgan akasi, qoni 
bir odamning bolasidan minnat qilarmidi?! Adhambek urushda bedarak ketgandan keyin er-xotin 
topishganini ukasining oilasi bilan bo‘lib yeyishdi. Ravshanbek buni yaxshi biladi. O’zi gapirgan 
necha marta. Nahotki, boshlariga shunday og‘ir tashvish tushganda, o‘zini chetga olsa? 
Bugunoq boradi, nonushta qiladi-yu, jo‘naydi. 
Shu fikr miyasiga kelib, Solihabibi ancha yengil tortdi, tungi dahshatli voqeani unutdi. Kelini oldiga 
non ushatib qo‘yar ekan, yana uni o‘zicha yupatdi: 
— Xudo poshsho, bolam. Hech mahal bandasini zor qilib qo‘ymaydi. Choyingni ichib bo‘lib, 
manga kichkina chelakda pomidor terib ber. Tursunboyni yasantir. 
— Nima qilmoqchisiz? 
Rahima hayron bo‘ldi. 
— Shaharga tushib chiqaman, — Solihabibi gap qaytarib bo‘lmaydigan, qat’iy ohangda gapirdi. — 
Ravshanbekka o‘zim uchrashib kelaman... 
Qoraqishloq Yangiyo‘lning shunday biqinida. Ellik yil muqaddam Andijonning Naymanchasidan 
quloq qilinganlar shu, Toshkentning yuqorisidagi, Sariog‘ochga tutash tashlandiq joyga ko‘chib 
kelishgan. Ular orasida Solihabibining otasi Hamrobek aka ham bor edi. Soliha o‘shanda xuddi 
Tursundek yosh, endigina to‘qqizga kirgan, Ravshanbek hali tug‘ilmagan edi. Urush boshlanishidan 
bir oy burun uni uzatishdi. Eri Obidjon urushga ketdi. Solihabibi u yillarni eslashni yomon ko‘rardi. 
Ketma-ket otasini, onasini ko‘mdi. Buning ustiga hali tanib-bilib ulgurmagan erining xonadoniga 
kulfat tushdi. Qayinotasi ham urushga ketib, yil o‘tmay halok bo‘ldi. Ikki oilaning tashvishi uning 
yelkasiga tushdi. O’qishni tashlab, fermaga ishga kirdi. Qorong‘ida ketib, qorong‘uda qaytadi. 
Qaytganida ham tinchlik yo‘q, kechasi bilan kiyim tikadi. Yengsiz paxtalik nimchani o‘sha yillari u 
o‘ylab topdi. Qo‘shni qishloqlardan kelib buyurib ketishadi, Qoraqishloqning yarmi qishni uning shu 
paxtalik nimchalarida o‘tkazadigan bo‘ldi. 
Obidjon bir qo‘lidan ajrab urushdan qaytgan yili Kalinin o‘ldi-yu, Qoraqishloqqa uning nomi 
berildi. Lekin haligacha qari ham, yosh ham bu nomga ko‘nikkani yo‘q. Rasmiy qog‘ozlardagina 
yoziladi, xolos. Og‘izda hamma Qoraqishloq deydi. Butun vodiyga dong‘i ketgan Naymanchaning 
qora anjiri bu yerda ham bitadigan bo‘lganidanmi, yo quloq qilingan qora kunlardan xotirami, yo urush 
yillari qora xat ko‘p kelgandanmi, hechkim aniq bilmaydi, bu tashlandiq joy Qoraqishloq bo‘lib ketdi, 
hamma shunga o‘rganib ham ketdi. 
Obidjon kolxozga ishga kirdi, xotini bilan fermada ishlay boshladi, keyin mudirlik qildi. Uchinchi 
farzandlari, Turg‘unboy tug‘ilganda (oldingi ikkitasi turmadi, qizamiqdan o‘lib ketishdi) Obidjon 
fermada edi. Xushxabarni eshitishi bilan otga minib, uyga jo‘nadi. Qattiq hayajonga tushib ko‘rmay 
qoldimi yoki ot hurkdimi, temir yo‘ldan o‘tayotganda poezd urib yubordi. Ot omon qoldi, to‘rt yillik 
dahshatli urushdan o‘tib kelgan odam esa uyining oldida jon berdi. Solihabibining eng katta alami shu 
edi. Otasi singari, ko‘pchilik tengqurlari singari urushda halok bo‘lganida bunchalik alam qilmasdi. 
Omon qaytsa-da, pishqirib kelayotgan poezdni ko‘rmay, uning tagida qolib o‘lsa?! Bundan ham qattiq 
alam, dard bo‘lishi mumkinmi? 
Otasining yettisi kuni, chaqaloqqa Turg‘un deb ism qo‘yishdi. O’shanda Solihabibi o‘ttiz uch 
yoshda edi. Turmush qurmadi, ne-ne joylardan sovchilar keldi, yo‘q dedi. Bitta bola bilan qoldi. Mana 
endi shu bolani deb, shaharga ketayapti. Akasining o‘g‘li Ravshanbek shaharda o‘qib, shaharda qolib 
ketdi. Uch-to‘rt yildan beri ministr o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Nimjon, kasalmand bola edi, otasiga 
ikkita keladigan bo‘lib ketgan. Solihabibi uni yaxshi ko‘rardi, bolaligida ko‘tarardi, katta ariqda 
oyoqlaridan, qo‘llaridan ushlab, cho‘miltirardi. Obidjon ham «godovoy» chiqqanida, bir arava-bir 
arava sabzi, piyoz qilib tashlab kelardi. Nahotki shularni unutgan bo‘lsa? Ammo odam bolasini bilish 
qiyin. Ichiga kirib bo‘lmasa! Davlat kelib, aqli ketganlar, bosar-tusarini bilolmay, bu dunyoga omonat 
ekanlarini unutganlar oz emas. Keliniga juda qat’iy gapirsa ham, Solihabibining dilida shunday shubha 
g‘imirlab turardi. Turg‘un kesilganidan beri Ravshanbek tayinli bir gapni ularga va’da qilgani yo‘q. 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling