Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchilar, so- liq obyekti va bazasi
soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
51 51 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorlari asosida tayyorlangan. Soliq to‘lovchilar, so- liq obyekti va bazasi 213 Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, jumladan, 2004-2006 yillarda 0.2 foizni, 2008 yilda 0.3 foizni, 2010 yilda 0.5 foizni, 2012 yilda 0.8 foizni tashkil etgan. 2017 yilda soliqning tushum ko‘rsatkichi 1.5 foiz bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning salmog‘i 2017 yilda 2004 yilga nisbatan 1.3 foizli punktga ortgan. Bu holatni soliq stavkalarining oshirilishi, soliq obyektlarini ro‘yxatga olish jarayonining jadallashuvi hamda soliq to‘lovchilar sonining ortishi bilan izohlash mumkin. Soliq kodeksining 272-moddasiga muvofiq Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir. Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bo‘yicha to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt bo‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi hamda soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. Soliq stavkalari har yili keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling