226
Mavzuga doir masalalar
1-masala. Fuqaro Sh.Hamidova 2018 yil 20 yanvarda Toshkent
viloyati Qibray tumanida 60 kvadrat metrni tashkil
etgan yer uchastkasi
mavjud uy-joy sotib oldi. Fuqaro Sh.Hamidova yer solig‘i bo‘yicha
imtiyozga ega emas.
Fuqaro Sh.Hamidova sotib olgan uy-joy uchun yer solig‘i
summasini hisoblang?
2-masala. Fuqaro A.Farmonov Toshkent viloyatining Zangiota
tumanida yashaydi. Uning yer uchastkasi 60 kvadrat metrni tashkil etadi.
Fuqaro A.Farmonov pensioner hisoblanadi.
Fuqaro A.Farmonov yer uchastkasi uchun qancha miqdorda
yer solig‘ini to‘lashi lozim?
3-masala. Fuqaro A.Karimov uy-joy sotib oldi. Oldi-sotdi shartnomasi
notarius tomonidan 2018 yil 5 aprelda rasmiylashtirildi.
Mol-mulkka
bo‘lgan mulk huquqi esa 2018 yil 20 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Yer
uchastkasi Toshkent shahrining 3-zonasida joylashgan bo‘lib, umumiy
maydoni 60 kvadrat metrni tashkil etadi.
Fuqaro A.Karimovning 2018 yil uchun yer solig‘i summasini
aniqlang.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining to‘lovchilari
kimlar?
2. Jismoniy shaxslarning qanday yerlari
uchuastkalari soliq solish
obyekti hisoblanadi?
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari qanday
belgilanadi?
4. Jismoniy shaxslar berilgan yer uchastkalaridan foydlanmagan
holatda qanday tartibda ulardan soliq undiriladi?
5. Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati
uchun berilgan yer
uchastkalaridan qanday tartibda soliq undiriladi?
6. Qanday jismoniy shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi?
7. Jismoniy shaxslarning yer solig‘i qaysi davlat organi tomonidan
hisoblab chiqariladi?
227
8. Yer solig‘i bo‘yicha to‘lov xabarnomasi soliq to‘lovchilarga
qaysi
muddatgacha etkaziladi?
9. Yer solig‘i qaysi muddatda mahalliy byudjetga to‘lanadi?
10. Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy
shaxslar tomonidan qanday muddatdan e’tiboran to‘lanadi?
11. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
belgilangan taqdirda, soliq qanday
muddatdan e’tiboran to‘lanmaydi?
12. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan
huquqlar bekor qilingan
taqdirda, soliq qanday muddatdan e’tiboran to‘lana boshlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: