Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yer solig‘ini hisoblab 
chiqarish tartibi


225
soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi 
hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov 
xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga 
imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan 
sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay 
topshiriladi. (11-ilova) 
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga 
bo‘lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq 
xizmati organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig‘ini 
qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‘lovchiga yer solig‘i summasi va 
uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov 
xabarnomasini taqdim etishlari kerak. 
Yer solig‘i yer uchastkasining 
mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan 
foydalanuvchi yoki ijarachining yashash 
joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki 
shaharning mahalliy byudjetiga to‘lanadi. 
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy 
shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan 
e’tiboran to‘lanadi. 
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‘ini to‘lash 
yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi). 
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq 
imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Yer solig‘i 
bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq 
mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lana 
boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i yer 
uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar 
tomonidan to‘lanadi. 
Soliq davri uchun yer solig‘i to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 
hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi. 
Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati 
organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat 
qilish huquqiga egadirlar. Davlat soliq xizmati organlari soliqning 
to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan belgilangan 
qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling